xalqaro huquq normalari va manbalari Reja: 1. xalqaro huquq normalari. 2. xalqaro huquq manbaalari tushunchasi. 3. xalqaro odatlar. 4. xalqaro huquq normalari mazmuni hamda misollar. xalqaro huquq normalari xalqaro huquq normasi - bu subyektlaming kelishuvi asosida yaratilgan, ular uchun huquq va majburiyatlarni o 'rnatuvcht rasmiy qat'iy qoida bo'lib, uni amalga oshirish yuridik mexanizm bilan ta 'minlanadi. Huquq sohasida shakl alohida ahamiyatga ega. Qadimgi Rimda shunday deyilardi: forma legalis fonna essentialis (yuridik shakl muhim). Agarda xalqaro huquqni uning tartibga solayotgan munosabatlari bilan o'zaro aloqasini ko'radigan bo'lsak, unda u davlatlararo munosabatlarning yuridik shakli sifatida yaqqol namoyon bo'ladi. 0 'zining nisbatan mustaqilligi (o'ziga xosligini) imkoniyatidan kelib chiqib ushbu shakl davlatlararo munosabatlarga tartibga soluvchi ta 'sirni ko'rsatadi. xalqaro huquq normalarining mazmuni davlatlar, boshqa xalqaro huquqning subyekllarining huquq va majburiyatlarini tashkil qiladi. 0 'zaro munosabatlarga kirishgan xalqaro huquqning subyektlari o 'z huquqlarini amalga oshiradilar hamda xalqaro huquqiy normalarda o'rnatilgan majburiyatlarga ham ega bo'ladilar. xalqaro huquq normalari - bu davlatlar va boshqa subyektlarning faoliyati va o'zaro munosabatlarining umummajburiy qoidalari hisoblanadi. xalqaro huquqiy normalarning o'ziga xos xususiyati va tizimi uning tuzilishiga bog'liq. Ko'pgina normalar faqat dispozitsiyadan iborat, sanksiyalar esa tizim asosida belgilanadi. Konkret sanksiya normalari qonun buzilish holatlarida alohida shartnomalarda mustahkamlanadi. Malcolm D.Evans fikriga ko'ra, an'anaviy xalqaro huquqqa asosan ikki turdagi xalqaro huquqiy manbalar mavjud. Bular xalqaro huquqning moddiy va rasmiy manbalaridir. Moddiy manba qoidalar aks etadigan hujjat hisoblanadi. Bularga shartnomalar, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari, Birlashgan Millatlar xalqaro huquq komissiyasi ning takliflari va boshqa shu kabi hujjatlar kiritilishi mumkin. xalqaro-huquqiy normalar o'zining mazmun va shakliga ko'ra bir xil emas. Ularni quyidagicha asoslarga muvofiq tasniflash mumkin: 1. Yuridik kuchi bo'yicha: - imperativ (jus cogens) aniq, tushunarli axloq (yurish-tiirish) chegaralari (me'yor) ni o'rnatadi. 1969-yilgi xalqaro shartnomalar huquqi to ;g 'risidagi Vena konvensiyasining 58-moddasiga muvofiq norma jus cogens (umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi) deb davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va tan olingan umumiy xalqaro huquq normasi bo'lib, undan og 'ishga yo 'l qo'yilmaydi, u faqatgina ushbu mazmundagi umumiy xalqaro huquq normasi bilan o 'zgartirilishi mumkin. Jus cogens normasining boshqa turdagi imperativ xarakterdagi normalardan farqi shundan iboratki, jus cogens normasini har qanday tarzda rad etish davlatlarning sa'y-harakatarini ahamiyatsiz qilib qo 'yadi. Jus cogens normalari xalqaro aloqalarning har qanday sohasida qo 'llanilishi va ularga rioya etilishi zarurdir. Jus cogens normalari umumiy xalqaro huquqning normalari va ularning asosiy prinsiplari hisoblanadi; - dispozitiv normalar, davlatlar o'zaro kelishuv asosida ulardan voz kechishi mumkin, agarda ushbu chekinish boshqa davlatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo'lmasa. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
307.9 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
307.9 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx