Xalqaro huquq tushunchasi va uning mohiyati

Xalqaro huquq tushunchasi va uning mohiyati

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquq tushunchasi va uning mohiyati - rasmi

Material tavsifi

xalqaro huquq tushunchasi va uning mohiyati Reja: xalqaro huquq tushunchasi va uning tizimi xalqaro huquqning davriy turlari xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq xalqaro huquqning tarixiy rivojlanishi xalqaro huquq tushunchasi va uning tizimi xalqaro huquq g'oyat keng va turli tarmoqlarni o'z ichiga oluvchi alohida huquqlar tizimidir. Shu bilan birga faqat normalar yig'indisi bo'libgina qolmay, ularning tizimi hamdir. Zero, bu normalar bir-biri bilan o'zaro uzviy aloqadadir. xalqaro huquqning har bir normasi, mazmuni uning butun tizimi sifatida qarab chiqilmog'i kerak. Barcha milliy huquqiy tizimlarga xos bo'lgan huquqning asosiy xususiyatlari xalqaro huquqqa ham xosdir. U davlat idora xarakteriga ega bo'lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar tizimidan iborat. Bu normalarga rioya qilish zarur holatlarda davlat majburiyati orqali ta'minlanadi. Shu bilan birga xalqaro huquq milliy huquqqa nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ular xalqaro huquq harakatida bo'lgan xalqaro sistemaning o'ziga xos chegaralari bilan belgilanadi. Bu chegaralar ayni paytda turli ijtimoiy sistemalarga mansub suveren davlatlarning mavjudligi, o'z subyekti uchun majbur bo'lgan huquq normalarini qabul qilishga qadar qonun chiqaruvchi organlarning yo'qligi, davlatlarda mavjud ijro va sudlov organlarining mavjud emasligi bilan, belgilanadi. Demak, xalqaro huquq ichki davlat huquqlaridan subyektiga, boshqarish predmetiga, normalarni shakllantirish va bu normalarga rioya qilinishni taminlovchi davlat majburiy organlarining faoliyatini zarur sharoitlarda amalga oshirish vositalariga ko'ra farq qiladi. Ichki davlat huquqi subyektlari jismoniy, yuridik shaxslar va davlat organlaridan iborat. xalqaro huquq subyektlari esa asosan ustidan hech qanday hukmronlik bo'lmagan suveren davlatdan, o'z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlar va millatlar hamda xalqaro, davlatlararo tashkilotlar, ayrim davlat sifat uyushmalar (erkin shaharlar, vatikan va boshqalar) dan iborat. xalqaro huquq ichki davlat huquqining boshqarish predmetidan farqli o'laroq, o'z harakat predmetiga ega. Bu keng manodagi davlatlararo munosabatlar, yani xalqaro huquq tizimining barcha subyektlari o'rtasidagi munosabatlardir. xalqaro huquq aksariyat holatlarda davlat ichida yuzaga keluvchi munosabatlarga bu davlatning milliy huquqlari orqali muayyan ta'sir ko'rsatsa-da, bu munosabatlarni boshqarmaydi. Hozirgi paytda ichki davlat huquqining har bir tarmog'ida shu davlatning xalqaro shartnomalari normalarini ifodalovchi me'yorlar mavjud. Biroq davlatda ichki munosabatlar uning ichki huquqlari bilan boshqariladi. Agar xalqaro huquq normalari davlatning ichki daxliga ta'sir o'tkazadigan bo'lsa, bu shu davlatning huquqi mana shunday ta'sirini ko'zda tutishdan kelib chiqadi. Milliy huquq normalari davlatlarning organlari tomonidan yaratiladi. xalqaro tizimda hokimiyatning yo'qligi, suveren davlatlar ustidan turuvchi hokimiyatning yo'qligi tufayli xalqaro huquq normalari uning o'z subyektlari, eng avvalo, barcha davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan birgalikdagi irodasining hosilasi bo'lgan bitimlar orqali yaratiladi. Ichki davlat huquqi singari xalqaro huquq ham xalqaro huquqiy normalarga rioya qilishni ta'minlash uchun davlat tomonidan majbur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.81 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.81 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga