zAmonaviy xalqaro huquq xalqaro huquq tushunchasi, predmeti hamda xalqaro huquq tizimi Reja: 1. xalqaro huquq tushunchasi 2. xalqaro huquq vujudga kelishi va rivojlanib borish jarayoni 3. xalqaro huquq funksiyasi 4. xalqaro huquq predmeti, maqsadi va mohiyati xalqaro huquq Tushunchasi xalqaro huquq - Tinchlik va hamkorlikni ta'minlash maqsadida xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi prinsiplar va normalar majmui. xalqaro huquq - davlatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari xohish irodasini muvofiqlashtirish yo'li bilan vujudga keladigan, ular o'rtasidagi turli munosabatlarni tartibga soladigan, xalqaro huquq subyektlari tomonidan xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarilishini ta'minlashga xizmat qiladigan xalqaro shartnomalar va odat normalari tizimi, umum tan olingan prinsiplar yig'indisi. xalqaro huquq subyektlari ya'ni davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar ishtirok etadigan munosabatlarda ularning harakatlari xalqaro huquq bilan tartibga solinadi, individual xarakter kasb etm aydi. xalqaro huquq nazariy jihatdan xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq shaklida o 'rganiladi. Biroq adabiyotlarda xalqaro ommaviy huquq tushunchasi o'rnida xalqaro huquq atamasi keng qo'llaniladi xalqaro huquq tarixi xalqaro huquqda odatlarning shakllanishi Qabilalar o 'rtasidagi munosabatlar faqat tashqi himoyani ta'minlashga qaratilmasdan, balki tez-tez qo'llanishi natijasida odatlarga aylangan boshqa bir qator xulq-atvor qoidalarini ham o 'z ichiga olgan. Qadimgi Rimda davlatlar o'rtasidagi, davlatlar paydo bo'lgunga qadar xalqlar (qabilalar) o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqlar huquqi (Jus gentium) paydo bo'lishiga va ushbu masalalarga doir normalar tizimlashtirilishiga olib keldi Masalan, Rim imperiyasi va varvar qabilalari o'rtasidagi munosabatlar. xalqaro huquq paydo bo'lishining dastlabki va muhim shartlari sifatida insoniyat tarixida ehtiyojlarining o'sib borishi, insonni o'rab turgan dunyo bilan o'zaro munosabatlaming murakkablashishi, ijtimoiy mehnat taqsimoti, davlatlarning paydo bo'lishi va boshqalarni keltirish mumkin. Martti Koskenniemi - xalqaro huquq tushunchasiga turli xil xalqaro subyektlarning siyosiy qadriyatlari hamda manfaatlarini amalga oshirilishi vositasi sifatida yondashadi. Uning ta'kidlashicha, xalqaro huquq davlatlararo munosabatlarda adolatni ta'minlash bo'yicha nazorat olib boradi. xalqaro huquq predmeti va maqsadi xalqaro huquqning predmeti - davlatlar manfaatlarini ifoda qiladigan u yoki bu shakldagi har qanday ommaviy-huquqiy munosabatlar. xalqaro huquqning maqsadi - davlatlararo munosabatlarni tartibga solish va ularning manfaatlarini ifodalash. xalqaro huquqning mohiyati xalqaro huquqning mohiyati shundan iboratki, xalqaro maydonda geostrategik hamkorlik va xalqaro xavfsizlikni ta'minlashda, shuningdek iqtisodiy, siyosiy, gumanitar, fan-texnika, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan xarakterlanadi. xalqaro huquq funksiyasi xalqaro huquq funksiyasi - xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti hisoblangan munosabatlarga xalqaro huquq tomonidan ta 'sir ko'rsatishning asosiy yo'nalishlari Quyidagi funksiyalani alohida ajratib ko'rsatish mumkin: 1) barqarorlashtirish - uning mazmuni shundan iboratki, xalqarohuquqiy normalar dunyo hamjamiyatini birlashtirishga, muayyan xalqaro tartibotni mustahkamlashga, ko'proq barqaror holatga keltirishga chaqiradi; 2) tartibga solish - uning qo'llanish choghda ijtimoiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
519.34 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
519.34 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx