Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi

Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi Reja: xalqaro huquq tushunchasi. xalqaro huquq funksiyalari. xalqaro huquq predmeti, tizimi. xalqaro huquqning tarixiy turlari. xalqaro huquq sohalari xalqaro huquq tushunchasi. xalqaro HUQUQ - bu davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. xalqaro huquq milliy huquqdan farq qilib, bir qator o'ziga hos xususiyatlariga ega. xalqaro huquqda milliy huquqiy tizimdan farqli ularoq oliy organ mavjud emas va tegishli masalalar xalqaro munosabatlar ishtirokchilarining roziligi bilan tartibga solinadi. xalqaro huquq - davlatlararo tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan, xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi hamda xalqaro huquq subyektlari tomonidan yaratilgan yuridik normalar va prinsiplar tizimidan iboratdir. Mazkur ta'rifdan xalqaro huquqning quyidagi o'ziga xos jihatlari kelib chiqadi: - xalqaro huquq - yagona maqsad va prinsiplar asosida yaratilgan normalarga ega tizim ; - xalqaro huquq normalari davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi; - hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy maqsadi - xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash hamda davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etishni ta'minlashdan iboratdir. xalqaro huquq normasida subyektlarning, avvalo, davlatning umumiy irodasi ifodalangan. Ya'ni davlatlar muayyan xalqaro huquq normasini yaratish jarayonida o'z xohish-istaklari bilan harakat qilishadi. xalqaro huquq obyektiga muayyan xalqaro munosabatlar, eng avvalo, suveren davlatlar o'rtasidagi munosabatlar kiradi. xalqaro munosabatlar - bu xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa turdagi aloqalar va munosabatlar majmuidir. xalqaro huquq huquq tarmog'i sifatida quyidagi munosabatlarni tartibga soladi: birinchidan, davlatlar o'rtasidagi - ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlarni; ikkinchidan, davlatlarning xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lishi bilan bog'liq davlatlar hamda hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; uchinchidan, hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; to'rtinchidan, davlatlar hamda davlatga o'xshash to'zilmalar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. xalqaro huquqning subyektlari: mustaqil davlatlar; o'z mustaqilligi va ozodligi uchun ko'rash olib borayotgan millatlar va elatlar, davlatga o'xshash to'zilmalar to'zilmalar (Vatikan, Malta ordeni); xalqaro va xalqaro hukumatlararo tashkilotlardir. xalqaro huquq subyektlari o'zaro kelishib, mustaqil ravishda xalqaro huquq normalarini yaratadilar. xalqaro huquqda xalqaro huquqiy normalarning bajarilmaganligi uchun javobgarlik mavjud bo'lib, turli siyosiy va moddiy choralar qo'llaniladi. Huquqiy tuzilmalar va huquq tarmoqlariga huquqiy normalar huquq tizimining real mazmunini tashkil etadi. Huquq normasi, huquqiy to'zilma va huquq tarmog'i - huquq tizimining asosiy qismlari hisoblanadi. xalqaro huquq funksiyalari. xalqaro huquqning funksiyalarini ko'rib chiqmay, uning mohiyatini ochib berish mumkin emas. xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq. quyidagi funksiyalarni bajaradi: Muvofiqlashtiruvchi funksiY. Davlatlar xalqaro huquq. me'yorlari yordamida xalqaro hamkorlikning turli sohalarida umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlarini belgilaydi. Tartibga soluvchi funksiY. Bu davlatlar tomonidan qatyiy qoidalarni belgilashda namoyon bo'ladi. Bularsiz davlatlarning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari va birgalikda mavjudligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.21 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.21 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga