Xalqaro huquqda hudud tushunchasi

Xalqaro huquqda hudud tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquqda hudud tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Xalqaro huquqda hudud tushunchasi Xalqaro huquqda hudud iborasi yerdagi boshqa maydonlardan ma'lum yuza (chegara) bilan chegaralangan, yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tartibga ega bo'lgan yerdagi, shuningdek yerdan tashqaridagi kosmik maydonni belgilash uchun qo'llaniladi. Er maydonining kosmik maydondan ajratib turuvchi chegara yer konfiguratsiyasini takrorlovchi va uning yuzasi (dengiz darajasi)dan bir qadar masofada joylashgan sharsimon yuza hisoblanadi. Ushbu sharsimon yuzaning aniq darajasi hali belgilangani yo'q. Biroq yer yo'ldoshini atmosferada jiddiy to'xtashlarsiz va kuyib ketmasdan harakat qila olishiga imkon beruvchi darajada bo'lishi lozimligidan kelib chiqiladi. Bu daraja 110 kmni tashkil etadi. Xalqaro huquq sub'ektlari Kosmik fazoni shartli ravishda yaqin joylashgan, ya'ni quyosh tizimini o'rab turuvchi va unda joylashgan osmon jismlari hamda uning tashqarisidagi kosmik maydonga bo'lish mumkin. Er maydonining o'zi ikkita katta toifaga, ya'ni davlat hududini tashkil etuvchi hamda davlat hududi doirasidan tashqarida bo'lgan maydonga bo'linadi. Bu maydonlar davlat hududi va davlatga tegishli bo'lmagan hudud - bir-biridan chegaralar bilan ajratiladi. CHegaralar haritalarda, shuningdek joylarda belgilangan chiziqlar va ushbu chiziqlar bo'ylab yer maydonini fazo bilan va nazariy jihatdan yerning markazi va yer osti boyliklari tubi, aslida yer ostiga kirishi mumkin bo'lgan joygacha o'tuvchi vertikal yuza hisoblanadi. Ko'rsatilgan maydon va davlatga tegishli bo'lmagan hudud doirasidagi quruqlik, suv, yerosti boyliklari va yer yuzasidagi havo maydonini o'zida birlashtiradi. Hududlar xalqaro huquqda quyidagi uch asosiy turga bo'linadi: 1) davlat hududlari; 2) xalqaro rejimga ega bo'lgan hududlar; 3) aralash rejimli hududlar. Davlat hududi deb, ma'lum milliy davlatning suvereniteti ostida bo'lgan hududlar tushuniladi. Bir tomondan ushbu hududning davlatga tegishliligi va ikkinchidan maskur hududda ushbu davlatning ustuvorligi davlat hududining asosiy belgilari hisoblanadi. Xalqaro huquq subekti Xalqaro rejimdagi hududlar deganda, dvlat hududi chegarasidan tashqarida bo'lgan aloxida olinganda, hech qaysi bir davlatga tegishli bo'lmagan va xalqaro huquqqa muvofiq barcha davlatlar tomonidan umumiy foydalanadigan maydonlar tushuniladi. Bu tur hududlarga, eng avvalo ochiq dengiz, uning ustidagi havo maydoni hamda kontental shelf doirasidan tashqaridagi chuqur dengiz tublari kiradi. Aralash rejimga ega bo'lgan hududlarga kontental shelf va iqtisodiy zonalar (mintaqa) kiradi. Ushbu hududlar milliy davlatlar suvereniteti ostida bo'lmaydi va davlat hududi tarkibiga kirmaydi. Biroq qirg'oq bo'yi davlatlari kontental shelьf va iqtisodiy dengiz zonasiga tutashib turgan maydonlarda foydali qazilmalarni izlab topish va ularni qazib olish ushbu hududlarda tabiiy muhitni himoya qilishga nisbatan suveren huquqlarni saqlab qoladi. Sub'yektlarning turlari. Davlatlarning huquqiy sub'yektivligi. Hudud har qanday davlatning moddiy asosi bo'lib xizmat qiladi, uning mavjudligining muhim sharti hisoblanadi. Barcha tabiiy zaxiralar davlat hududining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Modomiki, hudud to'liq daxlsiz ekan, demak uning qismlari, ya'ni tabiiy zaxiralari ham daxlsizdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 757.49 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 757.49 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga