Xalqaro huquqda hudud va aholi

Xalqaro huquqda hudud va aholi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro huquqda hudud va aholi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro huquqda hudud va aholi Reja: 1.Davlat hududlari. Davlat chegaralari va ularning huquqiy holati. 2.xalqaro daryolarning huquqiy holati. xalqaro yer kengligi. Antarktidaning huquqiy maqomi. Arktikaning huquqiy maqomi. 3.Kosmik fazo va samoviy massalar 4. xalqaro huquq va aholi. Aholining huquqiy masalalarini xalqaro tartibga solish. 5.Fuqarolik xalqaro huquqiy masalalari. Chet elliklarning huquqiy holati. Qochoqlar, Boshpana huquqi. 1.Davlat hududlari. Davlat chegaralari va ularning huquqiy holati. xalqaro va milliy huquqda «hudud» iborasi yerdagi boshqa maydonlardan ma'lum yuza (chegara) bilan chegaralangan, yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tartibga ega bo'lgan yerdagi va shuningdek, yerdan tashqaridagi kosmik maydonni belgilash uchun qo'llaniladi. Yer maydonini kosmik maydondan ajratib turuvchi chegara Yer konfiguratsiyasini takrorlovchi va uning yuzasi (dengiz darajasi)dan bir qadar masofada joylashgan sharsimon yuza hisoblanadi. Ushbu sharsimon yuzaning aniq balandlik darajasi xali belgilangani yo'q, Biroq, u Yer yo'ldoshini atmosferada jiddiy tuxtashlarsiz va kuyib ketmasdan harakat qila olishiga imkoniyat beruvchi darajada bo'lishi lozimligidan kelib chiqiladi. Bu daraja 10 kilometrni tashkil etadi. Kosmik fazo (borliq)ni shartli ravishda yaqin joylashgan, yani quyosh tizimini urab turuvchi va unda joylashgan osmon jismlari hamda uning tashqarisidagi kosmik maydonga bo'lish umkin. Kosmik borliqni tadqiq. qilish va undan foydalanishga daxldor xalqaro-huquqiy tartibga solish asosan quyosh tizimi makonita tegishli. Yer maydonining o'zi, agar uning yuridik maqomi nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo'lsak, ikkita katta toifaga, ya'ni davlat hududini tashkil etuvchi hamda davlat hududi doirasidan tashqarida bo'lgan maydonga bo'linadi. Bunday maydonlar - davlat hududi va davlatga tegishli bo'lmagan hudud bir-biridan chegaralar bilan ajratiladi. Chegaralar xaritalarda, shuningdek, (agar imkoniyati bo'lsa) joylarda belgilangan chiziqlar va ushbu chiziqlar buylab yer maydonini fazo bilan nazariy jihatdan Yerning markazi yer osti boyliklari tubi, aslida yer ostita kirish mumkin bo'lgan joygacha o'tuvchi vertikal yuza hisoblanadi. Ko'rsatilgan maydon davlat va davlatga tegishli bo'lmagan hudud doirasidagi quruqlik, suv, yer osti boyliklari va yer yuzasidagi havo maydonini o'zida birlashtiradi. Ularning huquqiy tartibi va ulardan foydalanish shart-sharoitlari, odatda, alohida belgilanadi hamda xalqaro dengiz va havo huquqlarining tartibga solish predmetini tashkil qiladi. Demak, xalqaro huquqda hudud tushunchasi ostida yer sharining turli maydonlari tushuniladi. Bular: quruqlik va suv yuzasi, tabiiy zaxiralar va havo bo'shlig'i hamda kosmik maydon va fazodagi osmon jismlari. xalqaro huquqda barcha hududlar o'z huquqiy makrmining asosiy turlariga qarab uch guruhga: birinchidan, davlat hududlari; ikkinchidan, xalqaro rejimga ega bo'lgan hududlar; uchinchidan, aralash rejimdagi hududlarga bo'linadi. Davlat hududi deb, ma'lum milliy davlatning suvereniteti ostida bo'lgan hududlar tushuniladi. Bir tomondan, ushbu hududning davlatga tegishliligi va ikkinchidan, mazkur hududda ushbu davlatning ustuvorligi - davlat hududining asosiy belgilari hisoblanadi. Harbiy okko'patsiya holatlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga