xalqaro huquqning asosiy prinsiplari Reja: 1. xalqaro huquq prinsiplari tushunchasi. 2. Davlatlaming suveren tengligi prinsipi. 3. Zo'ravonlik tahdididan yoki xalqaro munosabatlarda uni qo'llashdan o'zini tiyish prinsipi. 4. Ushbu prinsiplar obyektlari. 5. xalqaro hujjatlarda prinsiplar aksi. xalqaro huquq prinsiplari tushunchasi xalqaro huquqning asosiy prinsiplari - xalqaro munosabatlar subyektlarining xalqaro hayotdagi to 'plangan eng muhim masalalarga oid ifodalangan hamda umumlashtirilgan, umume'tirof etilgan yurish-turish normalaridir. xalqaro huquqning tarmoqqa oid prinsiplari xalqaro huquqning aniq bir tarmog'i uchun o 'ziga xoslikdadir. xalqaro huquqning asosiy prinsiplari - bu umumiy xalqaro huquqda mustahkamlangan o 'ta muhim, o 'zak xalqaro-huquqiy norma hisoblanadi. xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari atamasi tarmoq va asosiy prinsiplarni belgilash uchun qo'l!aniladi. Bunday yondashuvda umume'tirof etilgan prinsiplar - bu jus cogens normalari hisoblanadi. Ular deyarli barcha davlatiar tomonidan rasman tan olingan majburiy norma deb talqin etiladi. BMT Nizomining 2-moddasi bilan mustahkamlangan xalqaro huquq prinsiplari to'g 'risidagi Deklaratsiyada yettita prinsip asosiy prinsip deb e 'lon qilingan. 1975-yilda xalqaro huquqning uchta asosiy prinsipi qo'shilgan ligi qayd etilgan: davlat chegaralarining mustahkamligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklami hurmat qilish. Davlatlaming suveren tengligi prinsipi davlatlar, agarda ular bir xildagi barcha huquq va majburiyatlarga ega bo'lsalar, xalqaro munosabatning teng huquqli a'zosi bo'ladilar: ular xalqaro munosabatlaniing boshqa a'zolarining suverenitetini hurmat qilishlari lozimligini angladi Suverenitet davlatning ichki ishlarida ustunligi. tashqi aloqalarda erkinlik va mustaqillik ifodalangan siyosiy-huquqiy xususiyati hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, davlatlar xalqaro huquq subyekti sifatida o'zining huquqiy holati bo'yicha teng hamda bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaydilar. Mazkur prinsip BMT Nizomining 2-modda, 1-bandida mustahkamlangan: tashkilot o 'zining barcha a 'zolarining suveren tengligi prinsipi asosida barpo etilgan . Mazkur prinsip federativ davlatlaming subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi deb hisoblanadi, agarda ular Konstitutsiyalarida o'zlarini suveren davlat deb e 'tirof etishsalar ham. DAVLATLARNING SUVEREN TENGLIGI PRINSIPI: Davlatlarning suveren tengligi prinsipi (davlatlaming teng huquqlilik prinsipi) baravar subyektlar huquqi (par in parem not habet imperium) sifatida xalqaro huquqning asosiy fazilatini namoyon qiladi. xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi Deklaratsiyaga muvofiq davlatlar o 'zlarining turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yoki boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, bir xildagi huquq va majburiyatlarga ega hamda xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a 'zosi hisoblanadi Mazkur Deklaratsiyaga muvofiq davlatning suveren tengligi konsepsiyasi (mohiyati) quyidagi elementlami o 'z ichiga oladi, jumladan: 1) barcha davlatlar yuridik jihatdan teng; 2) har bir davlat odatdagi butun suverenitetlik huquqidan foydalanadilar; 3) har bir davlat boshqa davlatning qonuniy subyektligini hurmat qilishi lozim; 4) davlatlaming hududiy yaxlitlikligi va siyosiy mustaqilligi daxlsizdir; 5) har bir davlat o'zining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimini mustaqil ravishda tanlashi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
120.09 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
120.09 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx