xalqaro huquqning asosiy tamoyillari Reja: Asosiy tamoyillar tushunchasi. Asosiy tamoyillarni klassifikatsiyalash Tinch-totuv yashash tamoyili Davlatlarning hududiy butunligi tamoyili Chegaralarning buzilmasligi tamoyili Davlatlarning suveren tengligi tamoyili Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili Inson huquqlarini xurmat qilish tamoyili Asosiy tamoyillar tushunchasi. Asosiy tamoyillarni klassifikatsiyalash. Huquq tamoyili - vokelikning obyektiv tartibi, ijtimoiy amaliyot, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarining me'yoriy in'ikosidir. xalqaro huquq tamoyillari - ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo'lib, huquq subekglari xatti-harakatining rahbariy qoidalari hisoblanadi. xalqaro huquqning bir qator me'yorlarini, garchi ular xalqaro huquq me'yorlari bo'lsa-da, tamoyillar deb nomlanadi. Biroq, ularning ba'zilari azaldan tamoyillar deb nomlangan, ba'zilari esa xalqaro-huquqiy tartibga solishda tutgan ahamiyati bois shunday deb atala boshlangan. Shu bilan birga xalqaro huquqiy tartibotni ta'minlashda xalqaro hamjamiyat uchun o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan va umumiy xarakter kasb etuvchi alohida tamoyillar ham mavjud. Tamoyillar ichida hozirgi davr xalqaro huquqiy tartibotining asosini tashkil etuvchi xalqaro huquqning asosiy tamoyillari ajralib turadi. Davlatning qandaydir asosiy tamoyilni bo'zishi xalqaro hamjamiyat tomonidan butun xalqaro huquqiy tartibotga tajovo'z qilish deb tushunilishi mumkin. xalqaro huquq tamoyili - avvalambor xalqaro huquq me'yoridir. Huquq tamoyillaridan huquqiy ong tamoyillarini, ya'ni kishilar, ijtimoiy harakatlar, siyosiy partiyalar va xoka'zolarning subyektiv tasavvurlarini farqlash lozim. Huquq subekglari uchun xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish katyiyan majburiydir. xalqaro huquq tamoyilini ijtimoiy amaliyotni o'zgartirish orqaligina bekor qilish mumkin. Bu esa alohida davlatlar yoki davlatlar guruhi imkoniyati doirasida emas. Shuning uchun har bir davlat xalqaro huquq tamoyillarini bo'zish orqali ijtimoiy amaliyotni «to'zatish»ga qaratilgan har qanday bir tomonlama tartibdagi urinishlarga o'z munosabatini bildirishi lozim. xalqaro huquq tamoyillari odatiy va shartnoma usullari orqali shakllanadi. Ular bir paytning o'zida ikki xil funksiyani bajaradi: birinchidan, xalqaro munosabatlarni ularning ma'lum me'yoriy doiralar bilan chegaralash orqali barqarorlapshshiga kumaklashadi; ikkinchidan, xalqaro munosabatlar amaliyotida vujudga keladigan barcha yangi holatlarni mustahkamlaydi. xalqaro huquq tamoyillarining o'ziga hosligi ularning universalligidir. Ya'ni xalqaro huquqning barcha subekglari tamoyillarga katyiyan rioya qilishlari lozim, chunki mazkur tamoyillarni har qanday tarzda bo'zish mukarrar ravishda xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilishga olib keladi. xalqaro huquq tamoyillari bugun xalqaro-huquqiy me'yorlar tizimining qonuniylik mezoni hisoblanadi. xalqaro huquqning asosiy tamoyillari BMT Ustavida mustahkamlangan. BMT Ustavi tamoyillari jus cogens xarakterini kasb etishi keng tan olingan, ya'ni ular davlatlar tomonidan bekor qilinishi mumkin bo'lmagan oliy darajadagi majburiyatlarsanaladi. xalqaro huquqda uning umume'tirof etilgan tamoyil va me'yorlarini batafsil bayon qilib beruvchi yagona me'yoriy hujjat mavjud emas. Agar BMT Ustavida besh tamoyilning nomi keltirilgan bo'lsa, xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyada ularning yetgitasi ifodalab berilgan. Bular kuyidagilardir: 1)Kuch ishlatmaslik va kuch ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.37 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.37 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc