xalqaro huquqning inson hamda davlatlarga oid prinsiplari Reja: Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi. Inson huquqlari va uning asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsipi. xalqaro majburiy atlarni vijdonan bajarish prinsipi. Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi davlatlami ajratib turgan hudud chegaralarini o'rnatish (delimitatsiya, demarkatsiya, rektifikatsiya) va muhofaza qilish (qo'riqlash) hamda chegara bo'yicha nizoli masalalami hal qilish bo£vicha munosabatlarni qat'iy belgilaydi. Azaldan shu narsa ma'lumki, chegaralarni buzish qurolli kuchlarni qoMlash uchun qonuniy bahona hisoblanadi. Havo, dengiz va quruqlikdagi chegaralar davlatning harbiy kuchlari orqali diplomatik apparat, siyosiy ittifoqchilik shartnomalariga muvofiq himoya qilinadi. Chegaralarning mustahkamligi prinsipi hududlar daxlsizligi prinsipini to'ldiradi. 1970-yilgi Deklaratsiyada uning mazmuni kuch ishlatmaslik prinsipi bo'limida mustahkamlangan. Har bir davlat boshqa bir davlatning mavjud halqa.rp chegaralarni buzish maqsadida yoki xalqaro nizoiar, jumladan, davlat chegarasiga oid hududiy nizo va masalani hal etish vositasi sifatida zo'ravonlik tahdididan yoki uni qo 'llashdan o'zlarini tiyishlari lozim . Davlatlar nafaqat chegaralarni, balki chegaralarni aniqlash chizig'ini buzish maqsadida zo 'ravonlik tahdidi yoki uni qo'llashdan o 'zlarini tiyishlari lozim. Bunda vaqtinchalik yoki dastlabki chegaralar, shu jumladan vaqtinchalik sulh chizig'i ham nazarda tutilgan. 1975-yilgi Yakuniy hujjatda mazkur prinsip shunday bayon qilingan: A'zo davlatlar bir-birlari ning barcha chegaralarini Yevropaning barcha davlatlari chegaralari kabi mustahkam (buzilmaydigan) sifatida qabul qilishadi va shuning uchun ham ular mazkur chegaralarga hozir hamda kelajakda har qanday tajovuz qilishlaridan o 'zlarini tiyib turadilar. Ushbu Yakuniy hujjatning a 'zolari boMib AQSH va Kanada ham hisoblanadi, mazkur 1975-yil varianti dagi prinsip Yevropadoirasidan tashqariga ham chiqadi. 1992-yil 9-oktabrda MDH ga a 'zo davlatlar o 'z tashqi chegaralarida Barqaror vaziyatni ta'minlash bo'yicha hamkorlik to'g 'risidagi kelishuvga imzo chekdilar. Kelishuv , muqaddimasida tomonlar chegaralar mustahkamligi to 'g 'risidagi Xelsinki Yakuniy hujjatining qoidalariga o'z sodiqligini tasdiqladilar hamda o 'zlarining bundan buyon ushbu chegaralarning daxlsizligi va mustahkamligini ta 'minlashlarini (MDH ning tashqi chegaralarini) qat'iyligini izhor qildilar. 1993-yil 7-avgustda MDH ga a 'zo davlatlar Chegaralar daxlsizligi to 'g'risidagi Deklaratsiyaga imzo chekdilar, 1994-vil 15-aprelda esa MDHga a 'zo davlatlar suverenitetiligi, chegaralarining daxlsizligi va hududiy butunlik (yaxlitlik)ni himoya qilish to 'g'risidagi Deklaratsiyaga imzo chekdilar. Mazkur prinsipga muvofiq davlatlarning huquqlari o 'rnatilgan chegaralarning mutlaq mustahkamligini, ularni o 'zaro kelishuvsiz va bosim ostida kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilish orqali o'zgartirishning noqonuniy ekanligini talab qilishdan iborat. 1964-yilda Afrika birligi tashkiloti mazkur qoidani afrika davlatlari chegaralariga nisbatan qo'llanishini tasdiqladi. Mazkur qoidalar sobiq Yugoslaviya hududidagi chegaralar to'g'risidagi masalani hal etishda ham qo6llanildi. Shu bilan birga ushbu qoida BMT xalqaro sudi tomonidan hududga oid nizolarni hal etishda ko'p ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
303.78 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
303.78 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx