Xalqaro jinoyatchilik va unga qarshi kurashda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish

Xalqaro jinoyatchilik va unga qarshi kurashda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro jinoyatchilik va unga qarshi kurashda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish - rasmi

Material tavsifi

xalqaro jinoyatchilik va unga qarshi kurashda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish Reja: Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi imkoniyatlari Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o'zaro hamkorlik masalalari xalqaro miqyosdagi hamkorlikning yo'nalishi va shaklining tako- millashishi Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi imkoniyatlari Jahonda mavjud bo'lgan jinoyatchilik miqyosi asosan tashqi omillar tufayli yuzaga kelishini ko'rish mumkin. Eng xavfli jinoyatlar aksariyat hollarda ikki yoki undan ortiq davlatlar hududida sodir etilishi bilan e'tiborlidir va ko'p vaziyatlarda jinoiy yo'l bilan topilgan moddiy boyliklar va boshqa buyumlar jinoyat sodir etilgan bir davlatdan boshqa bir davlatga «o'tkaziladi». Interpol hamjamiyatining Bosh kotibi R. Kendallning ta'kidlashicha, hozirgi davrda jinoyatchilik bilan xalqaro miqyosda kurash olib borish ba'zi superkomanda yoki superdetektiv zimmasidagi vazifa bo'lib qolmasligi lozim. Bu vazifani bajarish nafaqat ayrim davlatlar o'rtasida o'rnatilgan xalqaro kelishuvlar, har bir davlat qonunchiligi, texnik salohiyati asosida amalga oshirilishi kerak, balki yaxshi niyat, maqsadda jinoyatchilikka qarshi kurashdan bir xilda manfaatdor bo'lgan davlatlarning umumiy faoliyat ko'r- satishi talab etiladi. Jinoyatchilikka qarshi kurash o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi. Bu faoliyat xalqaro aloqalarning o'ziga xos tarkibiy qismi ekanligini e'tiborga olish lozim. Hatto ba'zi davlatlarning o'zaro siyosiy va iqtisodiy hamkorligi bo'l- masa-da, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish ehtiyoji yuzaga kelishini ko'rish mumkin. Binobarin, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida quyidagi o'ziga xos hamkorlik turlarini ko'ramiz: o'zaro jinoyat, fuqarolik va oila huquqlari bilan bog'liq masalalarni hal etishdagi hamkorlik; jinoyatchilikka qarshi kurashda va ayniqsa xalqaro miqyosda yoyilgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro kelishuvlar tuzish va ularni amalga oshirish; boshqa davlatlarning huquqni himoya qilish organlari tomonidan jinoiy-huquqiy va fuqarolik ishlari bo'yicha chiqarilgan qarorlarni bajarishda o'zaro yordam ko'rsatish; huquq-tartibot sohasida jinoiy-huquqiy masalalar va inson huquqlarini ta'minlash qoidalarining bajarilishini ta'minlash; huquqni muhofaza qilish organlarini qiziqtiradigan axborotlarni o'zaro ayriboshlashni ta'minlash; jinoyatchilikka qarshi kurash muammolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ilmiy tavsiyalar yaratishda o'zaro hamkorlik ishlarini olib borish; ilg'or tajribalar bilan o'rtoqlashish; kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o'zaro yordam ko'rsatish; moddiy-texnikaviy va maslahatlar berish bo'yicha o'zaro yordam berish kabilar. Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o'zaro hamkorlik masalalarini strate- gik jihatdan Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) hal etadi. Bu tasodif emas, albatta, chunki jinoyatchilikning yuzaga kelishi va miqyosi xalqaro aloqalar tizimi asosida belgilanadi. 1991-yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ta'kidlanganidek, «jinoyatchilikning miqdoran o'sishi uning davlatlararo yuzaga kelishi har bir davlatning ichki xavfsizligiga raxna soladi, insonning xotirjam yashashiga tajovuz qiladi va shu bilan birga, xalqaro aloqalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa xalqaro miqyosda samarali mexanizm yaratish va davlatlar o'rtasida yanada yaqin aloqalar o'rnatishni taqozo etadi». ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.6 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.6 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga