xalqaro kosmik huquqi Reja: xalqaro kosmik huquqining tushunchasi va manbalari. Kosmik fazo va samoviy jismlarning huquqiy holati Kosmonavtlar va kosmik obyektlarning huquqiy holati. Kosmik faoliyat uchun huquqiy javobgarlik 1. xalqaro kosmik huquqining tushunchasi va manbalari. xalqaro kosmik huquq xalqaro huquqning tarmog'i bo'lib, uning subyektlari o'rtasida kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish bo'yicha faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. xalqaro kosmik huquqning yuzaga kelishi va shakllanishini 1954 yilning 4 oktyabrida sobiq Sovet Ittifoqida birinchi yerning sun'iy, yo'ldoshi uchirilishi bilan bog'liqdir. Bu parvoz kosmik fazoning inson tomonidan faol o'zlashtirilishining boshlanishiga asos solibgina qolmay, balki ijtimoiy hayotning, xalqaro munosabatlarning barcha sohalarini ham qo'shib, barcha jihatlariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. 1967 yilda Kosmos to'g'risidagi dastlabki maxsus shartnoma ishlab chiqilgunga qadar xalqaro kosmik hyquqining bir qator odatdagi huquqiy tamoyillari va normalari tarkib topdi. Davlat suverenitetini kosmik fazoga tarqatmaslik tamoyili yoki boshqacha qilib aytganda, kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanishdagi erkinlik tamoyili shular jumlasiga kiradi. Kosmik faoliyatga taalluqli ayrim odatdagi huquqiy tamoyil va normalar bir ovozdan qabul qilingani BMT Bosh Assambleya qarorlarida o'z ifodasini topdi. Ular orasida 1961 yil 20 dekabrda qabul qilingan 1721 (XVI) va 1963 yil 13 dekabrda qabul qilingan qarorlarni alohida qayd etish lozim. So'nggi qaror o'zida davlatlarning kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanishdagi faoliyatning huquqiy tamoyillarini ifodalagan edi. Kosmos to'g'risidagi dastlabki maxsus shartnoma paydo bo'lgunga qadar kosmosdagi faoliyatning u yoki bu jihatlarini tartibga soluvchi ayrim shartnoma normalari ham amal qilib keldi. Ular 1956 yil 5 avgustda Moskvada imzolangan yadro qurolini atmosfera, fazoda va suv ostida sinashni taqiqlash to'g'risidagi shartnomada, shuningdek boshqa xalqaro hujjatlarda o'z ifodasini topdi. Kosmik faoliyatni huquqiy tartibga solish vazifasi shundan iboratki, xalqaro huquq tamoyillari va normalari asosida yangi faoliyat sohasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi yuridik tamoyil va normalarning ixtisoslashgan tartibini ishlab chiqish, kosmik fazoni o'zlashtirishda davlatlarning keng ilmiy texnika hamkorligini rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, uni xalqaro ziddiyatlar zonasiga aylantirishga yo'l qo'ymasligi lozim. xalqaro kosmik huquqining yangi normalarini amalda ishlab chiqish markazi BMT, xususan, 1959 yilgi Bosh Assambleyaning Maxsus organi sifatida tashkil etilgan kosmik fazodan tinch maqsadlarda foydalanish qo'mitasi hisoblanadi. Rivojlangan va boshqa davlatlar BMTda bir qator xalqaro shartnomalarni tuzish tashabbusi bilan chiqib, xalqaro kosmik huquqni rivojlantirishga katta hissa qo'shadilar. xalqaro kosmik huquqning maxsus manbaiga birinchi navbatda BMTda ishlab chiqilgan xalqaro shartnomalarning jami guruhi keyin esa davlatlarning aksariyat qismi imzolagan va ratifikatsiya qilgan shartnomalar kiradi. Bular, Oy va boshqa samoviy jismlar ham qo'shilib kosmik fazoda tadqiq qilish va undan foydalanish bo'yicha davlatlar faoliyatining tamoyillari to'g'risidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.65 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.65 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc