Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish

Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish - rasmi

Material tavsifi

Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish Reja: 1. Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish tushunchasi. 2. Xalqaro nizolarni hal qilish vositalari. 3. BMT tomonidan nizolarni hal etish mexanizmi. 1. Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish tushunchasi. Xalqaro nizo tushunchasi - davlatlar ya'ni xalqaro huquqning subyektlari o'rtasida munosabatlarning turli sohalarida ularning huquq va majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchilikdir. Vaziyat - davlatlar о'rtasida kelishmovchilik kelib chiqanda, manfaatlarning to'qnashuvi yuzasidan bir-birlariga o'zaro da'vo qilmagan hollarda vujudga keladi. Nizo - davlatlar aynan bir predmet sababli bir-birlariga da'vo taqdim qilgandagina nizo paydo bo 'ladi. Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biridir. Bu tamoyil xalqaro huquqning yana bir tamoyili - davlatlarning kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi bilan bog'liq. 2. Xalqaro nizolarni hal qilish vositalari. Nizolarni tinch hal etish vositalari deganda xalqaro huquq subyektlari о 'rtasidagi nizolarni biror-bir shaklda majburlov choralarini ishlatmay turib, xalqaro huquq prinsiplariga mos ravishda hal etish tartibi tushuniladi. Xalqaro nizolarni hal qilish vositalari: 1. Muzokaralar olib borish. Davlatlar o'zaro muayyan turdagi holatlar yuzasidan vujudga kelishi mumkin bo'lgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir-biri bilan muzokaralar olib boradi. Muzokaralar olib borishdan maqsad xalqaro nizolar kelib chiqishining oldini olishdir. 2. Vositachilik. Vositachilik uchinchi tomon yordamida xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish vositasidir (Toshkent deklaratsiyasi 1966 yil, Pokiston va Hindiston). 3. Tergov va yarashish (kelishish) komissiyasi. Tergov komissiyasining vazifasi nizo bilan bog'liq faktlarni aniqlash. Yarashuv komissiyasi nizoni bartaraf qilish uchun harakat qiladi va shu maqsadda takliflar ishlab chiqadi. Tergov va yarashuv komissiyalarining xulosalari tavsiyaviy xarakterga ega bo'lib, tomonlar uchun majburiy emas. 4. Sud jarayoni - Arbitraj (hakamlik) sudi, tomonlarning roziligi bilan biror aniq nizoga nisbatan tuziladi. Bunda tomonlar arbitraj sudi hal etishi kerak bo'lgan nizo predmeti, sudning vakolatlari doirasi, prosedurasi, sudning tarkibi, hakamlar qarorini qabul qilish va bajarish yuzasidan majburiyatlarini belgilashadi. 3. BMT tomonidan nizolarni hal etish mexanizmi Tashkilotning har bir a'zosi o'zi ishtirok etayotgan ish bo'yicha Xalqaro Sud qarorini bajarish majburiyatini oladi (BMT Nizomining 94-moddasi 1-bandi). SUD AMALIYOTI: 1. Naurudagi fosfat yerlari (Nauru Avstraliyaga qarshi), 26.06.1992 yil. E'tiboringiz Uchun Rahmat ! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 506.15 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 506.15 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga