Xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish. Xalqaro jinoyat huquqi

Xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish. Xalqaro jinoyat huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish. Xalqaro jinoyat huquqi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish. xalqaro jinoyat huquqi Reja: 1.xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. 2.xalqaro huquqiy javobgarlik. Davlatlar javobgarligining asoslanishi. 3.xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari. xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi 1.xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. «xalqaro nizo» tushunchasi asosan davlatlar o'rtasidagi o'zaro kelishmovchiliklarni va ziddiyatlarni, xususan, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinayotgan vaziyatni belgilash uchun ishlatiladi. Nizo yoki ziddiyat paydo bo'lgan paytdan boshlab, to uning o'sishi va xal etilishiga qadar xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan xal etish tamoyili amalda bo'lishi lozim. Zero ushbu tamoyil xalqaro huquqning hamma tomonidan tan olingan va umume'tirof etilgan imperativ tamoyilidir. BMT Ustavida nizoli xalqaro munosabatlarni kvalifikatsiya qilish uchun «nizo» va «vaziyat» tushunchalari qo'llaniladi. xalqaro huquq nazariyasi, Xavfsizlik Kengashi amaliyoti hamda BMT xalqaro Sudining tajribasiga asosan, nizo - ikkita davlat o'zlarini kiziktirayotgan bir soha bo'yicha bir-birlariga talablarni e'lon qilishlaridir. Vaziyat esa davlatlar manfaatlarining tuknashuvidan kelib chiqib, o'zaro talablarsiz paydo bo'ladi, ya'ni ikkita davlat o'rtasida qandaydir tushunmovchiliklar paydo bo'lsa ham ular bir-birlariga o'zaro talablar e'lon qilmaydilar. «Vaziyat» tushunchasi «nizo» tushunchasiga qaraganda kengrokdir. BMT Ustavi nizo va vaziyatlarni yuqorida ko'rsatilgan ikki toifaga bo'lish qoidalarini o'rnatmaydi, ushbu masala yechimini to'liq Xavfsizlik Kengapshga toshpiradi. Shuning uchun xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan xal etish tamoyili tinchlik va xavf-sizlikka tahdid solishdan katyi nazar, barcha xalqaro nizolar va vaziyatlarga tegishlidir. xalqaro nizolar turli asoslar: birinchidan, nizolarning obyekti yoki predmetiga; ikkinchidan, tinchlikka solinayotgan xavf-xatarning darajasiga; uchinchidan, turli hududlar (dunyo mikyosidagi, mintaqaviy, mahalliy)ga yoyilganligiga; to'rtinchidan, subyektlar soni (ikki tomonlama va ko'ptomonlama)ga ko'ra tasniflanadi. BMT Ustavida huquqiy va siyosiy nizolar orasida aniq chegara o'rnatilmagan. Shu bilan birga BMT xalqaro Sudi Statuti 36-moddasining 2-bandida yuridik xarakterdagi nizolar, deganda nimalarni anglash zarurligi to'g'risidagi tushunchalar ko'rsatilgan. Masalan, BMT xalqaro Sudi yurisdiksiyasi ostidagi yuridik nizo deganda u yoki bu sohadagi nizolar, xalqaro huquqning barcha sohalariga tegishli turli qoidabo'zarliklar tushuniladi. xalqaro nizolar orasida hududiy nizolar alohida o'rin tutadi. Ushbu nizolar ko'pincha xavfli siyosiy buxronlar va qurolli keltirib chiqaradi. Zamonaviy xalqaro huquqda umume'tirof etilgan nizolarni tinch yo'l bilan xal etish tamoyili shakllangan. Davlatlar xalqaro nizolarni faqat tinch yo'l bilan xal etishlari lozim. 1970 yilgi xalqaro huquq tamoyillari Deklaratsiyasi: «Har bir davlat xalqaro nizolarni xal etishda kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid solishdan o'zini tiyishi lozim. Davlatlar, albatta, xalqaro nizolarni xal etishlari lozim» degan qoidalarni o'zida mujassamlashtirgan. Yuqorida keltirilgan fikrlar, birinchidan, xalqaro nizoni tezlik bilan xal etilishi, ikkinchidan, tomonlar o'rtasidagi nizoni qandaydir bir vosita yordamida xal etishga imkon bo'lmasa, ijobiy natijaga olib kelishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.98 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.98 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga