Xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish

Xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish - rasmi

Material tavsifi

xalqaro nizolarni xalqaro huquqiy vositada hal etish Reja: xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. Bevosita (Diplomatik) muzoqaralar. xalqaro kelishtiruv protsedura. Tergov va kelishtiruv komissiyalari. xalqaro arbitraj. xalqaro sudlov protsedurasi. xalqaro tashkilotlarda nizolarni hal etish tartibi. xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. Diplomatik amaliyotda «xalqaro nizolar» atamasi keng va tor manolarda qo'llaniladi. Birinchi manoda u davlatlar o'rtasidagi xilma-xil ziddiyatli vazifalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ikkinchi o'rinda, faqat aniq ishtirokchilari bo'lgan, o'zaro aniq etirozlar va muayyan mavzular bilan ifodalangan davlatlar, o'rtasidagi munosabatlarning nizoli vaziyatlariga nisbatan qo'llaniladi. Xavfsizlik Kengashida nizoli masalalar qarab chiqilayotgan chog'da nizoda qatnashayotgan tomon ovoz berishdan tiyilib turishi kerak. Vaziyat qarab chiqilayotganda esa ovoz berishdan tiyilib turish talab qilinmaydi. Ilgari Namibiyadagi ahvol, shuningdek Isroil agressiyasi munosabati bilan Yaqin Sharqda kelib chiqqan vaziyatni xalqaro tinchlik va xavfsizlikka xavf tug'dirgan vaziyatlar namunasi sifatida ko'rsatib o'tish mumkin. Bu vaziyatlar Xavfsizlik Kengashida ko'p marta muhokama qilindi va mazkur masalalar bo'yicha tegishli rezolyutsiya va qarorlar qabul qilindi. Nizolarning quyidagi turlari BMT Nizomida xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid ko'rsatishi mumkin bo'lgan, boshqa nizolar farqlab ko'rsatilgan. Nizolarning birinchi turiga nisbatan Xavfsizlik Kengashi alohida huquqlarga ega: u bunday nizolarni bartaraf etishning vosita yoki usullarini tavsiya qiladi, (36- modda), nizolarni hal etish shartlarini ko'rsatib beradi. BMT Nizomida nizolarning turlarga bo'linishi nisbiydir. Har qanday nizo davlatlar o'rtasidagi tinch munosabat va hamkorliklarga zarar etkazadi. Shunga qaramay alohida xatarli nizolarni ayirib ko'rsatish o'zini oklaydi. Bu xildagi nizolar. ko'pincha hududiy nizolar hisoblanadi. Yuridik va siyosiy nizolar bir-biridan farqlanadi. Bu farqlov ham nisbiydir. xalqaro munosabatlarda siyosat va huquq. ayniqsa o'zaro tutashib ketadi. Hech bir siyosiy nizo xalqaro huquq normalarini hisobga olmay hal qilinmaydi. Siyosiy va yuridik nizolarga bo'linishi bir holatda siyosiy jihatdan ustun chiqadi, boshqa holatda esa yuridik jihatlar ustunlik qiladi. xalqaro sudlar va arbitrajlarning tajribasini tahlil qilish shundan guvohlik beradiki, davlatlarning hozirgi hayotiy muhim manfaatlari bilan aloqador bo'lgan nizolarni qarab chiqishni ko'pincha bu organlarga topshirmaydilar. Zero, xuddi mana shular siyosiy nizolarning asosiy turkumini tashkil etib, bu nizolarni davlatlar siyosiy vositalar yordamida hal etishni afzal ko'radi. BMT xalqaro sud maqomining 36-moddasiga binoan, avvalo shartnomalarni talqin etish, xalqaro huquq masalasi, xalqaro majburiyatlarni buzish, oqibatida kelib chiqqan dalillarning mavjudligi, xalqaro majburiyatlarni buzganlik uchun to'lanadigan tovon nizolar kelib chiqishi uchun asos yaratadi. Qanday tinchlik vositalariga murojaat qilish to'g'risidagi masala ishtirokchilar tomonidan nizolarni tinch yo'l bilan hal etish vositalarini erkin tanlash tamoyiliga binoan hal qilinadi (BMT Nizomi, 33-modda). Bunday vositalar: bevosita muzoqaralar, kelishtiruvchi protsedura, xalqaro arbitraj tergovi, sudlov protsedurasi, janjallarni xalqaro tashkilotlarda hal etishdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.11 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.11 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga