xalqaro ommaviy huquq tushunchasi, predmeti, obyekti va tizimi 1. xalqaro huquq - alohida huquqiy tizim. 2. Davlatlararo munosabatlar xalqaro huquqning predmeti sifatida. xalqaro huquqiy munosabatlarning obyektlari. 3. xalqaro huquq, tashqi siyosat va diplomatiya. 4. xalqaro ommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq atamalari. 5. xalqaro huquq va ichki (milliy) huquqning o'zaro nisbati: dualistik va monistik nazariyalar. 6. Milliy huquq normalarining mazmuni va qo'llanilishiga xalqaro huquq normalarining ta'siri. Milliy huquq normalarining xalqaro huquq normalarining mazmuni va qo'llanilishiga ta'siri. 7. xalqaro huquq tizimi. Tarmoqlari, sub-tarmoqlari, institutlar. 8. xalqaro huquq va davlat siyosati. xalqaro huquqning ustuvorligi prinsipi. Reja: 1. xalqaro huquq - davlatlar o'rtasidagi munosabatlarning, xalqaro hamjamiyatning umumiy tili 2. xalqaro huquq qoidalari nafaqat ushbu huquq sohasi obyekti bo'lgan davlatlar manfaatlarini (milliy manfaatlarni) tartibga soladi, balki xalqaro hamjamiyatning foydasini (xalqaro hamjamiyatning umumiy manfaatlarini) ko'zlovchi va himoya qiluvchi xususiyatga ham egadir. 3. xalqaro huquq normalariga rioya qilinishini ta'minlash va o'zining xalqaro majburiyatlarini bajarmayotgan a'zolariga nisbatan boshqa davlatlar qanday choralar ko'rishi mumkin (davlatlarning javobgarligi)? Eng muhimi, Siz xalqaro huquqning mana shu kabi vaziyatlarda bajaradigan rolini bilib olishingizdir. xalqaro huquq nima uchun kerak? Global transformatsiya sharoitida XOH rolining ortib borishi Global muammolarni birgalikda hal etish zaruriyati xalqaro va milliy huquqning yaqinlashuvi Davlatning xalqaro obro'si (imidj)ni mustahkamlash zaruriyati Milliy manfaatlar himoyasi Zamonaviy davrda XOHni o'rganish zaruriyati. 5 GLOBALLAShUV JARYoNLARI VA xalqaro HUQUQ 1) Yadro haloqati bartaraf qilinmagani; 2) Davlatlar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar alangalayotganligi; 3) xalqaro terrorizm qurbonlari ortayotganligi; 4) Iqlimiy o'zgarishlar xavfining oshishi; 5) Yuqumli kasalliklardan millionlab odamlarning halok bo'layotganligi; 6) Ochlik va yarim ochlikdan ko'pgina odamlarning hayotdan ko'z yumushlarini esga olish lozim. bu xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi ommaviy-huquqiy xarakterdagi siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy (shartnomaviy va odat) normalar yig'indisi xalqaro huquq tushunchasi bu xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan va xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi vujudga keladigan ommaviy-huquqiy xarakterdagi siyosiy, harbiy-siyosiy, harbiy-texnikaviy, iqtisodiy, valyuta-moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar munosabatlardir. xalqaro huquq predmeti xalqaro huquq subyektlari o'z huquq va majburiyatlarini ro'yobga chiqarishlari jarayonida yuzaga keladigan xalqaro munosabatlar tushuniladi. Bunday munosabatlar xalqaro huquqning umum etirof etilgan prinsiplari va normalari bilan tartibga solinadi. xalqaro huquq predmeti birinchidan, davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'ptomonlama hamda xalqaro hamjamiyatni qamrab oladigan munosabatlar; ikkinchidan, davlatlar bilan hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; uchinchidan, hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; to'rtinchidan, davlatlar va davlatlarga o'xshash mustaqil xalqaro maqomga ega bo'lgan tuzilmalar (masalan, Vatikan rim katolik cherkovining markazi sifatida alohida xalqaro-huquqiy maqomga ega) bilan bo'lgan munosabatlar. Zamonaviy xalqaro ommaviy huquq quyidagi munosabatlarni tartibga soladi: Davlatlarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: pptx