xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillari Reja: xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillari tushunchasi. Asosiy tamoyillarni tasniflash. Tinch totuv yashash tamoyili. xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga bevosita taalluqli tamoyillar. xalqaro hamkorlikning umumiy tamoyillari. 1. xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillari tushunchasi. Yuqorida aytilganidek, xalqaro huquq tamoyillari me'yoriy aktlarga ega bo'lib, tamoyillar va me'yorlar o'rtasidagi farq shartlidir. Hozirgi zamon xalqaro huquqning asosiy tamoyillari xalqaro munosabatlarniig asosiy muammolarini hal etish uchun eng ko'p ahamiyatga ega bo'lgan ko'pchilik tan olgan, me'yorlar sifatida belgilash mumkin. Hozirgi zamon xalqaro huquq reaksion yoki «klassik» huquqdan, eng avvalo, o'zining asosiy tamoyillaridan farq qiladi. Hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy tamoyillari, avvalo, BMT Nizomida mustahkamlangan. Lekin ayrimlari Nizomda juda qisqa bayon etiladi. Shuning uchun rivojlangan davlatlar tashabbusi bilan BMTdan ayrim tamoyillarning mazmunini ta'riflash ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1970 yil BMT Nizomiga binoan davlatlar o'rtasida yaxshi qo'shnichilik munosabatlari va hamkorlikka taalluqli xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyani qabul qilish bilan yakunlaydi. Deklaratsiyada quyidagi tamoyillar ifodalangan: 1) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili; 2) xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish tamoyili; 3) davlatlarning ichki kompetensiyasiga kiruvchi ishlarga aralashmaslik tamoyili; 4) davlatlarning bir-birlari bilan Nizomga binoan hamkorlik qilish majburiyati; 5) xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi tamoyili; 6) davlatlarning Nizomga binoan o'zlari qabul qilgan majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyili; 7) davlatlarning suveren tengligi huquqi tamoyili. Bu albatta, xalqaro huquq faqat ettita asosiy tamoyil mavjudligini bildirmaydi. Deklaratsiya o'z oldiga xalqaro huquqning asosiy tamoyillari to'la sonini berish vazifasini ham qo'ymagan edi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik to'g'risida 1975 yili Xelsinkida o'tgan UmumYevropaKengashi Yakunlovchi aktida 10 asosiy tamoyil ta'riflab berilgan. Yuqori eslatilgan 7 tamoyilga chegaralarning daxlsizligi, davlatlarning hududiy butunligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlash tamoyillari qo'shildi. Lekin xalqaro huquqning asosiy tamoyillari bular bilangina cheklanmaydi. Hali hozirgi zamon xalqaro huquqning barcha asosiy tamoyillarini o'zida ifodalagan xalqaro hujjat yo'q. xalqaro munosabatlarning jamiyat hayotidagi mavqei oshayotgan va yangi, hayotiy muhim umumbashariy muammolar yuzaga kelayotgapligi xalqaro huquq asosiy tamoyillari miqdorining ko'payishiga olib kelmokda. Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish muammosining xalqaro ahamiyati oshib borayotganligi munosabati bilan xalqaro huquqda g'oyat muhim tamoyil-atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyili paydo bo'ladi. xalqaro huquqning asosiy tamoyillari tushunchasi munosabati bilan «Davlatlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari» konsepsiyasini eslatib o'tish zarur. BMT xalqaro huquqi komissiyasi Bosh Assambleya topshirig'iga binoan 1949 yili 14 moddadan iborat davlatlarning huquqlari va majburiyatlari Deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqdi va taqdim etdi. U Bosh Assambleyada uzil-kesil maqullanmay davlatlarga ko'rib chiqish uchun jo'natildi. Uni ozchilik davlatlargina ko'rib chiqdi va Bosh Assambleyaga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.73 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.73 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc