Mustaqil ish O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT TO'QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI Mavzu: xalqaro qidiruv nima uchun o'tkaziladi? Reja: 1.xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. 2.xalqaro huquqiy javobgarlik. Davlatlar javobgarligining asoslanishi. 3.xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari. xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi Kirish «xalqaro nizo» tushunchasi asosan davlatlar o'rtasidagi o'zaro kelishmovchiliklarni va ziddiyatlarni, xususan, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinayotgan vaziyatni belgilash uchun ishlatiladi. Nizo yoki ziddiyat paydo bo'lgan paytdan boshlab, to uning o'sishi va xal etilishiga qadar xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan xal etish tamoyili amalda bo'lishi lozim. Zero ushbu tamoyil xalqaro huquqning hamma tomonidan tan olingan va umume'tirof etilgan imperativ tamoyilidir. BMT Ustavida nizoli xalqaro munosabatlarni kvalifikatsiya qilish uchun «nizo» va «vaziyat» tushunchalari qo'llaniladi. xalqaro huquq nazariyasi, Xavfsizlik Kengashi amaliyoti hamda BMT xalqaro Sudining tajribasiga asosan, nizo - ikkita davlat o'zlarini kiziktirayotgan bir soha bo'yicha bir-birlariga talablarni e'lon qilishlaridir. Vaziyat esa davlatlar manfaatlarining tuknashuvidan kelib chiqib, o'zaro talablarsiz paydo bo'ladi, ya'ni ikkita davlat o'rtasida qandaydir tushunmovchiliklar paydo bo'lsa ham ular bir-birlariga o'zaro talablar e'lon qilmaydilar. «Vaziyat» tushunchasi «nizo» tushunchasiga qaraganda kengrokdir xalqaro huquqiy javobgarlik. Davlatlar javobgarligining asoslanishi. Javobgarlik - xalqaro huquqning eng qadimiy institutlaridan biridir. Biroq, ushbu institutning huquqiy me'yorlari hanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy me'yorlarga asoslanadi. xalqaro-huquqiy javobgarlik - huquqbuzarlik subyektining xalqaro huquqni boshqa subyektiga yetkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo'yicha yuridik majburiyatlaridir. xalqaro huquqbuzarlik xalqaro qilmishlarga va xalqaro jinoyatlarga bo'linadi. xalqaro jinoyatlarga xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jahon hamjamiyati tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan alohida xavfli qilmishlar kiradi. Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me'yorlar asosan xalqaro shartnomalarda o'z aksini topgan, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiqlangan. xalqaro huquqda xalqaro javobgarlik deganda huquq me'yorlaridan kelib chiqadigan subyektiv majburiyatlarini buzgan, ya'ni xalqaro huquqqa xilof xatti-harakat sodir etgan subyekt uchun noqulay salbiy yuridik oqibatlar tushuniladi. xalqaro huquqqa xilof qilmish ikki toifaga, ya'ni: xalqaro huquqbuzarlik va davlatlarning xalqaro jinoyatlariga bo'linadi. So'nggi toifa, agar davlatlar hamjamiyati tomonidan muayyan xalqaro huquqqa xilof qilmishlarni xalqaro jinoyat toifasiga kiritilsa, mavjud bo'ladi. Huquqbuzar davlat ikki turda xalqaro javobgarlikka: moddiy va siyosiy javobgarlikka tortilishi mumkin. xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita: siyosiy va moddiy turi mavjud. Siyosiy xalqaro-huquqiy javobgarlik satifikatsiya shaklida ifodalanadi. Bu zarar ko'rgan tarafni sodir etilgan huquqbuzarlik qaytarilmasligi to'g'risida ishontirish va uzr so'rash, huquqbuzarlikni sodir etishdagi aniq, aybdorlarni jazolashdir. xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chiqish asoslari va uni amalga oshirish Siyosiy javobgarlik boshqa subyektlarning manfaatlarini himoya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
231.19 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
231.19 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: pptx