xalqaro shartnoma huquqi Reja: xalqaro shartnoma huquqi va uni kodifikatsiyalash Tomonlar va shartnomalarda qatnashish huquqi Shartnomalarni tuzish Shartnomalarning shakli va tuzilishi Shartnomalarning amal qilishi Shartnomalarning bekor qilinishi va harakatdan to'xtatilishi xalqaro shartnoma huquqi va uni kodifikatsiyalash xalqaro shartnoma huquqi xalqaro shartnomalarini tuzish, amalga oshirish va to'xtatish shartini belgilab beruvchi xalqaro huquq, tarmog'i hisoblanadi. Bu tarmoqning ahamiyati xalqaro hamkorlikda shartnomalarning roli kuchayishi bilan belgilanadi. xalqaro huquq barcha tarmoqlarining shakllanishi va amalda bo'lishi u yoki bu darajada shartnoma bilan bog'liq. Shartnoma huquqi ahamiyatining o'sishi uni kodifikatsiyalashni shart qilib qo'ydi. Butun tarixiy taraqqiyot mobaynida u odat tapiqasida amal qilib kelindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kodifikatsiyalashga urinib ko'rish muvaffaqiyat keltirmadi, faqat hozirgi sharoitda BMT doirasida 1969 yili xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagn Vena Konvensiyasida ishlab chiqildi va qabul qilindi (1980 yilda kuchga kirdi). Vena Konvensiyasi xalqaro shartnomalar huquqi asosiy normalarini kodifikatsiyaladi va faqat davlatlar o'rtasidagi shartnomalarga taalluqli bo'ldi. BMT shartnoma huquqini kodifikatsiyalashni davom ettirmoqda. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar bilan davlatlar o'rtasidagi shartnomalar to'g'risidagi masala bo'yicha Konvensiya tayyorlanmokda. Shartnoma huquqining o'sishi shunga olib keladiki, davlatlar o'z qonunchiligida, hatto Konstitutsiyalarida unga tobora katta etibor bermoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro shartnomalarni tuzish, tasdiqlash, ratifikatsiyalash va denonsatsiya qilish to'g'risida alohida moddalar bor. Shuningdek «O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida»gi qonun ham 1995 yilning 22 dekabrida qabul qilindi. 2. Tomonlar va shartnomalarda qatnashish huquqi xalqaro shartnomalarda xalqaro huquqning subyekti bo'lgan har bir tomon shartnomalar tomoni bo'lishi mumkin. Shartnomada qatnashishni rasmiylashtirish bosqichlariga qarab ular shunday farqlanadi: muzoqaralarning qatnashchilari - xalqaro huquq subyektlari shartnoma matnini tuzish va qabul qilishda qatnashadilar. Bitishuvchi tomonlar xalqaro huquq subyektlari shartnoma kuchga kirdimi yo'qmi, bundan katiy nazar shartnomani uzil-kesil qabul qiladilar; shartnoma katnashchilari-xalqaro huquq subyektlari shartnomani uzil-kesil qabul qilib, ular uchun u kuchga kiradi. Shartnomalarda davlatlar asosiy tomonlar hisoblanadi. Davlatlararo shartnomalar xalqaro munosabatlarni tartibga solishda asosiy o'rin tutadi va shu tariqa xalqaro huquq normalarini yaratadi. Har bir davlat shartnomada qatnashish uchun teng huquqqa ega. Federatsiyaga azo bo'lgan davlat, agar Federatsiya Konstitutsiyasida ko'zda tutilgan bo'lsa, shu Konstitutsiyada belgilangan shartlar bilan shartnomalarda qatnashishi mumkin. Shartnomalarning anchagina qismi xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlar ishtiroki bilan tuziladi. Davlatga qaraganda tashkilot o'ziga xos va maxsus huquqiy subyektlikka ega bo'lgani uchun uning shartnomalarda qatnashish imkoniyatlari g'oyat cheklangan. tashkilotlarning xalqaro shartnomalarda qatnashish uchun maxsus huquqiy qobilligi ularning funksiyalariga bog'liq va har bir tashkilotning tegishli qoidalari bilan tartibga solinadi. Davlatning suvereniteti tufayli boshqa davlatlarning shartnomalari uning uchun o'zining roziligidan tashqari hech qanday huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. Agar davlat boshqa davlatlarning shartnomalaridan kelib chiqadigan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.02 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.02 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc