Xalqaro shartnomalarning O'zbekiston qonunchiligiga implementatsiyasi

Xalqaro shartnomalarning O'zbekiston qonunchiligiga implementatsiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro shartnomalarning O'zbekiston qonunchiligiga implementatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro shartnomalarning O'zbekiston qonunchiligiga implementatsiyasi Kirish I-bob. xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishning umumnazariy masalalari 1.1. xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish tushunchasi 1.2. xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish mexanizmlari II-bob. xalqaro huquq normalarini O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementatsiyasining nazariy va amaliy masalalari 2.1. xalqaro huquqning O'zbekiston milliy huquq tizimida tutgan o'rni 2.2. xalqaro huquq normalarini O'zbekiston milliy qonunchiligiga qo'llanishining o'ziga xos tomonlari 2.3. xalqaro huquq normalarini O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga qo'llanishining monitoringi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati Kirish Davlatlar o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish o'z navbatida ularning huquqiy tizimlari orasidagi o'zaro farqlanishlarni kamaytiradi. Bu jarayon esa, avvalombor davlatlar tomonidan xalqaro shartnomalar ishlab chiqishi hamda ularga davlatlarning qo'shilishi va o'z milliy qonunchiligini ushbu xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishi bilan kechadi. Har bir davlat xalqaro hamkorlikni amalga oshirish jarayonida xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan va demokratik tamoyillarga asoslangan xalqaro hujjatlarga qo'shilish va ularning qoidalarni bajarishni o'zining ustuvor vazifalaridan biri hisoblaydi. O'zbekiston Respublikasi bugungi kunda 100dan ortiq xalqaro ko'ptomonlama konvensiya va shartnomalarga qo'shilgan. Ular orasida intellektual mulk sohasiga oid, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid, iqtisodiy sohaga, inson huquqlariga oid, terrorizmga qarshi kurash sohasiga, transport sohasiga, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasiga, yalpi qirg'in qurollarini tarqatmaslikka doir, mehnat munosabatlari sohasiga tegishli hujjatlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy, xavfsizlik, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama xalqaro shartnomalarni imzolagan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning 199 yil 14 apreldagi XIV-sessiyasi ishida qilgan ma'ruzasida «xalqaro shartnomalarga nafaqat qo'shilish, balki ushbu shartnomalar bo'yicha olingan xalqaro majburiyatlarni bajarish, ular talablarini barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan og'ishmay bajarish mexanizmini qonuniy tartibda ishlab chiqish zarur» degan fikrni bildirgan edilar. Shu bilan birga ushbu sohadagi qonunchilik umumetirof etilgan va O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirilib borilmoqda. Chunki, xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi sifatida O'zbekiston insoniyat tomonidan etirof etilib, barcha demokratik xalqlar intilayotgan hayot tarzi talablarini bajarishni va o'z xalqini dunyoning ilg'or xalqlari qatorida teng darajada faoliyat ko'rsatishini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Buning uchun xalqaro shartnomaga qo'shilgan davlatdan ushbu shartnoma qoidalarini bajarishi uchun qator qonunchilik va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bu chora-tadbirlarning qanchalik samarali amalga oshirilishi esa, birinchi o'rinda davlatning o'z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlariga qanchalik sodiq ekanligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan esa, yuqorida aytganimizdek, o'z xalqini turmush tarzini yanada yuksaltirishiga va fuqarolarining huquq va erkinliklarini maksimal darajada ta'minlab berishiga qodir ekanligini ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi ―Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasinining 60 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi to'g'risida‖gi Farmoyishida ham milliy qonunchilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.88 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.88 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga