Xalqaro shartnomalarning shakli, tuzilishi

Xalqaro shartnomalarning shakli, tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro shartnomalarning shakli, tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro shartnomalarning shakli, tuzilishi Reja: Kirish «xalqaro shartnomalar huquqi» tushunchasi xalqaro shartnomaning shakli Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi: Ma'lumki, hozirgi zamon xalqaro huquqini uning manbalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu sababli, xalqaro huquq manbalari xalqaro - huquqiy normalarni mustahkamlash shakli bo'lishi bilan birga, dunyo davlatlari, xalqlari va millatlarini yaqinlashtirish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Hozirgi kunda xalqaro shartnomalar ko'p tomonlama hamkorlikning samarali vositalaridan biri bo'lib, davlatlar ushbu vositalar doirasida xalqaro munosabatlarning turli murakkab masalalarini hal qiladilar. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlaganidek: Hozirgi kunda O'zbekiston Birlashgan Millatlar tashkiloti, Islom Konferentsiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tizimlar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda. xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri xalqaro shartnoma bo'lib, u xalqaro ommaviy huquqning tegishli normalari tomonidan tartibga solinadigan, xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi yozma bitim sifatida tushuniladi. xalqaro huquq nazariyasida xalqaro - huquqiy shartnoma deganda, xalqaro huquqning asosiy va muhim manbalaridan biri tushuniladi. Bu BMT Ustavida hamda BMT xalqaro sudi statutida ham o'z aksini topgan. xalqaro shartnoma mustaqil davlatlarning ixtiyoriylik va suveren tenglik asosida kelishilgan irodasi hisoblanadi. Shartnoma xalqaro huquq subyektlari o'rtasida ular uchun yuridik majburiy bo'lgan qoidalar - ularning o'zaro huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga doir xalqaro - huquqiy normalarni yaratish to'g'risidagi bitimni nisbatan aniq va muayyan shaklda ifoda etadi. Zamonaviy xalqaro huquqning aksariyat normalari shartnoma xususiyatiga ega. Shartnomaviy tartibga solish sohasining muntazam kengayib borishi xalqaro munosabatlar rivojlanishining qonuniyati hisoblanadi. xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi 1969 yilgi Vena konventsiyasi shartnomalarning tobora o'sib borayotgan ahamiyatini, xaqaro huquq manbai va ijtimoiy tuzumidan qat'i nazar, davlatlar hamda millatlar o'rtasidagi tinch hamkorlikni rivojlantirish vositasi sifatida qayd etiladi. Hozirgi zamon xalqaro huquqiga xos bo'lgan eng muhim jihatlardan biri ko'p tomonlama shartnomalar soni va mavqeining ortib borayotganidir. Hozirga qadar birgina MDH doirasida 200 dan ziyod shartnomalar imzolangan. Bu jarayonning kelajakda yanada rivoj topishiga yetarlicha asoslar mavjuddir. Shu bois, xalqaro huquqning asosiy manbai hisoblangan xalqaro shartnomalarning tuzilishi, shakliga oid masalalarni o'rganish, tadqiqot olib borish dolzarb ahamiyatga ega. Kurs ishining maqsadi: xalqaro shartnomalarning tuzilishi va shakliga oid masalalari yuzasidan tadqiqot olib borish mazkur kurs ishining asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Kurs ishining maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: «xalqaro shartnomalar huquqi» tushunchasini yoritib berish; xalqaro shartnomaning shakli masalasini o'rganish; xalqaro shartnomaning tarkibiy qismlarining har birini batafsil tahlil qilish; O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi qonunini o'rganish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 85.22 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 85.22 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga