xalqaro standartlar va O'zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi Reja 1. Saylovlar - demokratik institut sifatida 2. Demokratik islohotlar va saylov qonunchiligi 3. O'zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanish bosqichlari 4. O'zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi tizimi 5. Konstitutsiya- saylov qonunchiligi tizimining o'zagi 6. xalqaro andozalar va O'zbekiston saylov qonunchiligining xususiyatlari 7. Saylovlar bo'yicha xalqaro tamoyillar Saylovlar - demokratik institut sifatida Demokratiyaning eng muhim tamoyili - odamlarning saylov huquqini, o'z xohish-irodasini erkin ifodalash, o'z manfaatlarini ro'yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta'minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim. Haqiqatan ham demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. Demokratik saylovlar ko'ppartiyaviylik asosidagina bo'ladi. Ko'ppartiyaviylik bo'lgandagina har bir fuqaro tom manodagi tanlash huquqiga ega bo'ladi. Hozirgi kunda O'zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga va ilg'or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. Asosiy maqsad amaldagi qonunlarni hayotga tatbiq qilish mexanizmlarini yaratishdir. O'zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanishi, avvalambor, fuqarolarning aktiv va passiv saylov huquqlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgandir. O'zbekistonda saylov huquqidan foydalanishning huquqiy protseduralari va texnikasi takomillashtirildi. Bu fuqarolarning saylov huquqidan foydalanish madaniyati darajasiga bog'liqdir. Saylov huquqi har bir fuqaro uchundir. Undan to'liq foydalanish imkoniyatlarini yaratish saylov qonunchiligining asosiy maqsadidir. O'zbekistonda nafaqat saylov qonunchiligi yangilandi, balkim saylovlarga yondashuv falsafasi ham o'zgardi. Yani saylov qonunchiligida xalqaro standartlar to'la o'z aksini topdi. Va nihoyat, saylovlar demokratiyaning yuragi, uzviy bo'lagidir. XX asrning so'nggi o'n yilligini Ri Erme aytganidek «demokratiyaga burilish» davri deb baholasa bo'ladi. O'zbekiston ham demokratiyaga yuz tutdi. Shu yerda YuNYeSKO Bosh direktori Federiko Mayorning quyidagi so'zlari o'rinlidir: «Demokratiya boshdan kechirilgan tajribaga to'liq o'zaro kelishuvga, mas'uliyatga asoslangandagina yashaydi. Bunda demokratiya olinadigan foyda yoki ko'riladigan zararga bog'liq bo'lmaydi. Demokratiya - faqatgina saylovlar protsedurasi yoki boshqarish shakli emas, balkim turmush tarzi hamdir». O'zbekistonda fuqarolarning saylov madaniyati milliy turmushimiz tarziga aylanib bormoqda. 2. Demokratik islohotlar va saylov qonunchiligi Saylov qonunchiligi va amaliyoti O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tarkibiy qismidir. O'zbekiston- yosh mustaqil demokratik davlat. Mustaqillik yillari - bu ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan demokratik huquqiy davlat sari qo'yilgan dadil qadamlar yillaridir. Sovet imperiyasida saylov tizimi ham totalitar tuzumning tarkibiy qismi edi. Saylovchi psixologiyasida demokratik saylovlarga ishonch ruhi yo'q edi. Bu psixologiyani o'zgartirish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan saylov borasidagi demokratik islohotlarning ustuvor maqsadidir. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgartishlarning mantig'i, tamoyillari quyidagilarda namoyon bo'ladi: birinchidan, asta-sekinlik va bosqichma-bosqich harakat qilish va islohotlarni amalga oshirish; ikkinchidan, demokratik o'zgarishlar darajasining xalq ruhiyatiga, mentalitetiga mosligi; uchinchidan, tarixiy-milliy tajribaga tayanish; to'rtinchidan, xalqaro huquq andozalari va talablarini etiborga olish; beshinchidan, ilg'or xorijiy tajribani hisobga olish. Shuning uchun, yangi saylov qonunchiligi va amaliyoti ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.29 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.29 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc