xalqaro tashkilotlar va konferensiyalar Reja: 1. xalqaro konferensiyalar tushunchasi 2. xalqaro tashkilotlar tushunchasi 3. Birlashgan Millatlar tashkiloti 4. O'zbekiston BMT tarkibida 5. BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari 6. Tinchlik va xazfsizlik masalalari bo'yicha mintaqaviy tashkilotlar 1. xalqaro konferensiyalar tushunchasi xalqaro konferensiya hukumatlararo va nohukumat tusida o'tkaziladi. Nohukumat tashkilotlar vakillari yoki turli mamlakatlarning alohida shaxslari tomonidan uyushtirilgan kengashlar nohukumat konferensiyalar hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq davlatlar rasmiy vakillarining ana shu davlatlar manfaatlariga taalluqli u yoki bu masalalarini muhokama qilish uchun o'tkazgan yig'ilishlari hukumatlararo konferensiyalar hisoblanadi. xalqaro huquqning harakati faqat ana shu konferensiyadagina bevosita taalluqli bo'lgani uchun mazkur qismda faqat hukumatlararo konferensiyalar ustida to'xtalib o'tamiz. Konferensiyalar muzoqaralardan rivojlana borib, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqning alohida institutiga aylanadi. xalqaro tashkilotlardan farqli o'laroq xalqaro konferensiyalar davlatlarning muvaqqat kollektiv organidir. xalqaro konferensiyalardan xalqaro tashkilotlarning organlarini ajratish lozim. Holbuki, bu tashkilotlarning bosh organlari ko'pincha konferensiyalar deb, yuritiladi (chunonchi, YuNYeSKO Bosh Konferensiyasi, xalqaro mehnat tashkiloti Bosh Konferensiyasi). Aksariyat davlatlar uchun qiziqish tug'dirayotgan turli masalalar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Shuning uchun bunday masalalar xalqaro tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Masalalarning muhimligiga qarab xalqaro konferensiyalar turli darajalarda o'tkaziladi: davlatlar yoki hukumatlar boshliqlari kengashlari, tashqi ishlar vazirlari kengashlari, davlatlar delegatsiya boshlig'i sifatida biron kishini tayin qiladigan odatdagi xalqaro konferensiyalar, ekspertlarning kengashlari va boshqalar. xalqaro konferensiyalar u yoki bu xalqaro shartnomani tayyorlash va qabul qilish yoki tegishli xalqaro muammolarni muhokama qilib, birgalikdagi bayonotlarni ishlab chiqish yoki bu muammolar bo'yicha fikrlar almashish maqsadida chaqiriladi. xalqaro konferensiyalarni ikki turga ajratmoq joiz. Bular xalqaro tashkilotlar doirasidan tashqari davlatlar tomonidan chaqiriladigan konferensiyalardan iborat. Hozirgi vaqtda xalqaro konferensiyalarning ko'pi xalqaro tashkilotlar tashabbusi va nishoni ostida o'tayapti. Bu holatda ham, boshqa holatda ham mazkur konferensiyaga taalluqli masalalarni o'zi hal qila oladigan suveren davlatlar vakillarining kengashlari ko'zda tutilmoqda. Biroq konferensiyalarniig yuqorida ko'rsatilgan ikki turi o'rtasidagi farqni rad etish mumkin emas. Konferensiya qatnashchilari doirasi to'g'risidagi masala muhim rol o'ynaydi. Suveren tenglik tamoyiliga binoan barcha davlatlar o'zlari manfaatdor xalqaro masalalarni hal etishda teng huquqda ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun konferensiyaga uning kun tartibida turgan masalalarga manfaatdor bo'lgan barcha davlatlar taklif qilinishi kerak. Umumiy xalqaro shartnomalar ishlab chiqish, bu shartnomalar xalqaro huquqni jadal rivojlantirishga xizmat qilish uchun chaqiriladigan konferensiyalarga barcha davlatlar taklif qilinmog'i lozim. Hozirgi paytda BMT tomonidan chaqiriladigan konferensiyalarga, shuningdek bir qator boshqa holatlarda manfaatdor xalqaro tashkilotlarning vakillari, milliy ozodlik harakatlari vakillari (misol uchun Falastin ozodlik tashkiloti) kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi. xalqaro tashkilotlar tomonidan chaqiriladigan xalqaro konferensiyalar odatda tegishli xalqaro tashkilot vakili (misol uchun BMT chaqiradigan konferensiyalarni BMT Bosh Kotibi yoki uning vakili) ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.09 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.09 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc