xalqaro tashkilotlar. Ularning maqsad va vazifalari R e j a 1. xalqaro tashkilotlar tushunchasi. hukumatlararo xalqarotashkilotlar tushunchasi va belgilari. 2. xalqaro tashkilotlarning klassifikasiyasi. Nohukumatlararo tashkilotlar tushunchasi. 3. xalqaro tashkilotlarning funksiyalari. xalqaro tashkilotlar. hukumatlararo tashkilotlar. Nohukumatlararo tashkilotlar. Asosiy mintaqaviy tashkilotlar. xalqaro tashkilotlar funksiyalari. 1. xalqaro tashkilotlar tushunchasi. hukumatlararo xalqaro tashkilotlar tushunchasi va belgilari. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo'lga kiritilishi Vatanimiz xalqlari hayotida juda katta tarixiy voqea bo'ldi. O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun keng yo'l va imkoniyatlar ochildi. hozirgi kunda O'zbekiston dunyodagi ko'plab nufuzli xalqaro tashkilotlar, jamg'armalar va harakatlarning teng huquqli a'zosi sifatida ishtirok etmoqda Kursning maqsadi xam ana shularni talabalar ongida shakllantirishdir. Bu orqali esa bugungi kun yoshlarimizni xalqaro nufuzi oshib borayotgan Respublikamiz hayotidan xabardor qilib borishdir. O'zbekistonning xalqaro nufuzi va obruyi kundan kunga ortib bormoqda. Hozirgi tezkor zamonamizda yoshlarning axborotlar, ayniqsa xalqaro hayot va xalqaro tashkilotlar faoliyati va ularda O'zbekistonning ishtiroki haqidagi ma'lumotlarga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Mazkur ma'lumotlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida ushbu kurs tashkil etilgan. Kursni o'tish davomida xalqaro tashkilotlar tushunchasi, ya'ni dunyodagi mavjud xalqlarning bir birlari bilan barcha sohalarda olib borayotgan hamkorliklari keng ma'noda tushuntirilib boriladi. xalqaro tashkilotlarning klassifikasiyasi, nohukumatlararo xalqaro tashkilotlar: tashkil etilishi, maqsadlari va vazifalari, shuningdek hukumatlararo tashkilotlar: ularning faoliyat ko'rsatishi, ishtirokchilar davrasi, a'zolikka qabul qilish tartiblari va faoliyat doirasi, maqsadlari va prinsiplari ushbu kursda to'laligicha o'rgatiladi. Ushbu kurs davomida biz aynan asosiy mintaqaviy tashkilotlar: Afrika birligi tashkiloti (ABT), Arab davlatlar ligasi (ADL), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), Yevropaittifoqi, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO), Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari assosasiyasi (ASEAN) va boshqa tashkilotlar faoliyati va ularning O'zbekiston bilan hamkorligini urganamiz. X A L Q A R O T A SH K I L O T L A R : BMT tarkibida: - Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti; -xalqaro mehnat tashkiloti; - Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti; - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti; - Ta'lim, fan, madaniyat masalalari bo'yicha BMT tashkiloti (YUNESKO;) - Atom energiyasi bo'yicha agentlik xalqaro dengiz tashkiloti; - xalqaro dengiz tashkiloti; - xalqaro sayyoxlik tashkiloti; 2.Asosiy mintaqaviy tashkilotlar: - Afrika birligi tashkiloti; - Arab davlatlar ligasi; - Amerika davlatlari tashkiloti; - Yevropaittifoqi; -Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari assosasiyasi (ASEAN ); - Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti ( NATO) ; - Mustaqil davlatlar hamdo'stligi; - Shanxay bitimi; hukumatlararo xalqaro tashkilotlar tushunchasi va belgilari. hukumatlararo xalqaro tashkilot- umumiy maqsadga erishish uchun shartnoma asosida ta'sis etilgan, doimiy organlariga ega bo'lgan va a'zo davlatlar suverinetitini xurmat qilib, faoliyat yuritadigan davlatlar uyushmasi. hukumatLARARO xalqaro tashkilOT BELGILARI: - Uch va undan ortik davlatlar a'zoligi; ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc