Xalqaro tashkilotlarning aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etishdagi tajribasi

Xalqaro tashkilotlarning aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etishdagi tajribasi

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro tashkilotlarning aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etishdagi tajribasi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro tashkilotlarning aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etishdagi tajribasi Reja: 1. Aholini ijtimoiy muhofazalash masalalarini hal qilish bilan shug'ullanadigan xalqaro tashkilotlar 2. XMTning asosiy vazifalari 3. XMT faoliyatining muhim yo'nalishlari 4. XMTning normativ hujjatlari Jahon iqtisodiy taraqqiyotidagi ijtimoiy omillar XX asr oxirida ko'pgina mamlakatlar oldida iqtisodiy rivojlanishning yangi yo'llarini va iqtisodiy muammolarni hal etishning yangi metodlarini izlash masalasi ko'ndalang bo'ldi. Jahon iqtisodiy rivojlanishining global tendentsiyalari bunda eng istiqbolli yo'l jamiyatdagi butun iqtisodiy tizimni ijtimoiy omillarni kuchaytirish va hatto ustuvorlik roli tomon qayta qurish ekanligidan dalolat beradi. Bu tendentsiya nazariy jihatdan barcha yetakchi iqtisodiy maktablar tomonidan tan olinadigan ijtimoiy bozor iqtisodiyoti konsepsiyasida o'z aksini topgan. Bozorning ijtimoiy muammolarini birinchi o'ringa qo'yish jahon iqtisodiy rivojlanishining tabiiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi, bunda iqtisodiyotning samaradorligini yanada oshirish masalalari sezilarli darajada pirovard oqibatda ishlab chiqarishning inson omilini rivojlantirishdan iborat bo'lishi mumkin bo'lgan ham eski, ham yangi ijtimoiy muammolarning hal etilishiga bog'liq bo'lib qoladi. Agar inson omili ijtimoiy muhofaza muammolari doirasida ko'rib chiqiladigan bo'lsa, fikrimizcha, xo'jalik yuritishning bozor tizimi shart-sharoitlarida aholini ijtimoiy muhofazalashning butun tizimi aslida kelgusidagi iqtisodiy o'sishning asos-jamg'arilgan inson potentsialini saqlab qolish va rivojlantirish kabi bosh vazifani (yuqorida qayd qilingan ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash vazifasidan tashqari) hal qilishga bo'ysundirilganligini tan olmaslik mumkin emas. O'tish iqtisodiyotini, bozor islohotlari jarayoni rivojlanishda bo'lgan mamlakatlarda avval boshdanoq bozor mexanizmlarini, bunday vazifalarni hal qilishi lozim bo'lgan ijtimoiy sohaning davlat tomonidan boshqarilishi bilan biriktirishni mo'ljalga olish g'oyat muhim. Tub islohotlar davrida ijtimoiy bozor islohotlari doirasida iqtisodiy rivojlanishning yangi metod hamda vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ham muhimdir. Barcha hokimiyat tuzilmalari ijtimoiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida hamda odamlarning barcha faoliyatlari, jumladan, mehnat faoliyatlari uning ijtimoiy mazmunidan kelib chiqib baholanishida davlatning rolini faollashtirishga yo'naltirilishi kerak. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keyingi o'n yillikda tashkiliy revolyutsiya degan atama sodir bo'ldiki, uning mohiyati yaqin o'tmishda xususiy tashabbus va iqtisodiy samaradorlikning an'anaviy prinsiplariga qarama-qarshi qo'yilgan «birlashish huquqi», «uyushmalar erkinligi» prinsiplarini yanada rivojlantirish va amaliy ro'yobga chiqarilishidan iboratdir. Bu o'zgarishlar guruhiy manfaatlarning guruhiy vakillik prinsipi asosida davlat hamda yuqorida aytib o'tilgan tashkiliy va uyushmalar o'zaro munosabatining yangi modelini ishlab chiqish yo'lidagi urinish bo'ldi. Kasaba uyushmalarining aholini ijtimoiy muhofazalash tizimidagi roli Turli ijtimoiy birlashmalar, birinchi navbatda kasaba uyushmalarining safi kengayib bormoqda. Kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy dialog jarayonlarining faollashtirilishi ijtimoiy korpartizm fenomenini keltirib chiqardi. Hozirgi sharoitda ijtimoiy korporatizmning rivojlanganlik darajasi ko'p jihatdan siyosat tizimining boshqaruvchanligini belgilaydi. Rivojlangan mamlakatlarda manfaatlar vakilligining korporativ modeli har qanday hukumatning davlatni samarali boshqarishga qodirligini oshiradi. Bu munosabatda ko'pgina mamlakatlarning turli ijtimoiy sheriklik shakllarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.2 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.2 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga