Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar

Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar

O'quvchilarga / Huquq
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar - rasmi

Material tavsifi

xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar Reja: I.Kirish. 1. Kollizion norma tushunchasi, turlari va ahamiyati 2. xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda moddiy-huquqiy normalarning tutgan o'rni va ahamiyati 3. Kollizion normalarni izohlash, sharhlash va tadbiq qilish 4. Ommaviy tartib to'g'risidagi izoh 5. Huquqni qo'llashda o'zarolik va retorsiyalar II. Xulosa II. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Chet el elementlari bilan murakkablashgan mulkiy va shaxsiy munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi lozim bo'lgan huquq normalarining mohiyatini talqin qilish va ularninig qo'llanilish xususiyatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Davlatlar, jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasidagi aloqalarninig huquqiy qoidalarini o'rganishni asosiy vazifalardan biri qilib qo'ymoqda. O'zbekiston Respublikasi bilan yaqindan amaliy aloqa o'rnatmoqchi bo'lgan davlatlar va yuridik shaxslarning soni yildan yilga tobora oshib bormoqda, O'zbeksiton hududiga tashrif buyuruvchi jismoniy shaxslarning soni ham borgan sari ko'paymoqda. xalqaro aloqalarning kengayishi natijasida sud, arbitraj, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi va boshqa davlat organlari o'z faoliyatlarida xalqaro xususiy huquqninig murakkab muammolariga duch kelmoqdalar, kollizion normalar va ularni qo'llash bilan bog'liq qoidalar shunday murakkab va muhim muammolardan hisoblanadi. Kollizion norma tushunchasi va ahamiyati Kolliziya- lotincha to'qnashuvchi ish degan manoni beradi. Lekin ushbu atama shartli xarakterga ega. Aslida qonunlar kolliziyasi, yani ular o'rtasida qo'llanishi zarur bo'lgan qoidani tanlash haqida gap yuritiladi. Sud yoki boshqa organ tomonidan turli davlatlar qonunlarni o'rganish, izohlash va qiyoslash yo'li bilan chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatga nisbatan tegishli huquq normasini qo'llash to'g'risidagi masalaning hal qilinishi, xalqaro mulkiy va shaxsiy munosabatlarni to'g'ri tartibga solish uchun muhim ahamiyatga ega. Kollizion norma muayyan munosabatga nisbatan qaysi davlatning huquqi qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatib turadi. Kollizion norma turlari Kollizion normaning boshqa huquq sohalari normalaridan asosiy farqi xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda moddiy-huquqiy normalarning tutgan o'rni va ahamiyati Moddiy-huquqiy normalarga xos bo'lgan qoidalarni birxillashtirish xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan malum sohadagi munosabatlarni maxsus tartibga solish u chun imkoniyat yaratadi. Bunday bir xillikni ta'minlash uchun malum masalalar bo'yicha maxsus konvensiyalar qabul qilinadi. Masalan, 1929 yilda Varshavada imzolangan shartnoma bo'yicha Havo orqali xalqaro tashishga taaluqli ayrim qoidalarni birxillashtirishga doir Konvensiya qabul qilindi. Ushbu konvensiyaga 1955 yil 28 sentyabrda Gaagada tuzilgan Protokol bilan o'zgartirishlar kiritildi. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan Konvensiyaga va Protokolga qo'shilish haqida 1996 yil 27 dekabrda qaror qabul qilindi. xalqaro shartnoma, bitimlar tuzish yoki ularga va konvensiyalarga qo'shilish shuningdek, ularni ratifikatsiya qilish ham turli xil munosabatlarga oid qoidalarni malum darajada birxillashtirishga olib keladi. Ko'p xollarda xalqaro shartnomalarga asoslangan munosabatlarda kollizion normalarni qo'llash samarali natijalar berishi bilan bir qatorda ushbu munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kollizion normalarni qo'llamaslikning iloji ham yo'q. Fuqarolar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 111.23 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 111.23 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga