xalqaro xususiy huquqda nikoh munosabatlarining tartibga solinishi Dissertatsiya ishi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik instituti xalqaro xususiy huquq kafedrasida bajarilgan Himoya O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik instituti huzuridagi yuridik fanlar doktori (nomzodi) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo'yicha D 016.15.02 raqamli ixtisoslashgan kengashning 2010 yil kuni soat dagi majlisida bo'lib o'tadi (10047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi, 35). Dissertatsiya bilan Toshkent davlat yuridik instituti kutubxonasida (10047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi, 35) tanishish mumkin. Avtoreferat 2010 yil da tarqatildi. Ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibi, Turebekov yuridik fanlar nomzodi Timur Mirzalievich DISSYeRTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida xalqaro huquqning teng huquqli subyekti deb etirof etilishi, barcha jabhalardagi xalqaro munosabatlarning erkinlashtirilishi natijasida butun jahonda kuzatilayotgan turli maqsadlarni ko'zlagan (tadbirkorlik faoliyati, mehnat faoliyati, ta'lim olish va boshq.) aholi migratsiyasining kuchayishiga olib keldi. O'zga mamlakatga kelgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar shu mamlakatda turli huquqiy munosabatlarga kirishishlari tabiiydir. Natijada xalqaro xarakterga ega bo'lgan xususiy munosabatlar, xususan chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Mazkur munosabatlarda chet el elementi ishtirok etganligi bois ularni huquqiy tartibga solish xalqaro xususiy huquq normalari vositasida amalga oshiriladi. Oila-huquqiy munosabatlari, xususan nikoh tuzish va uni tugatish shartlari va tartibi har bir xalqning urf-odatlari, diniy qarashlari kabi omillar ta'siri ostida shakllanishi tufayli dunyo davlatlarining moddiy qonunchiliklari ham bir biridan jiddiy tarzda farqlanadi. Aynan shu holat mazkur munosabatlarni tartibga solishda kollizion-huquqiy tartibga solish usulidan foydalanishni taqozo etadi. Chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh va oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish deb nomlanuvchi VII bo'limi bilan tartibga solinadi. Mazkur bo'lim chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh va oila munosabatlarini tartibga soluvchi kollizion normalardan iborat. Bugungi kunda Oila kodeksining ushbu munosabatlarni tartibga solishda qo'llagan yondashuvini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil etish lozim, chunki kodeks ushbu munosabatlarni tartibga solishda sobiq ittifoq davridagi yondashuvdan uzoqqa keta olmadi, yani kollizion normalarni ishlab chiqishda hududiylik tamoyiliga asosiy urg'u berildi. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksida sobiq ittifoq oila qonunchiligi normalarining saqlanib qolganligi ushbu munosabat ishtirokchilarining, xususan chet elda yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Chet el fuqarosi ishtirokidagi nikoh munosabatlarini tartibga solishda O'zbekiston Respublikasi moddiy qonunchiligini qo'llanishini imperativ tarzda ko'rsatuvchi kollizion normalar xalqaro xususiy huquqda oqsoq nikohlar, yani bir davlatda tan olinib ikkinchi davlatda esa tan olinmaydigan nikohlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Aksariyat xorijiy mamlakatlarda chet el elementi ishtirok etgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.94 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.94 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc