xalqaro xususiy huquqning predmeti va tizimi RYeJA: xalqaro xususiy huquqning predmeti xalqaro xususiy huquq alohida huquq sohasi sifatida huquq tizimida tutgan o'rni xalqaro xususiy Huquq tizimi Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquqning o'zaro bog'liqligi xalqaro xususiy huquq Uning nomi ham boshqa huquq fani sohalariga qaraganda ko'pchilik uchun tanish emas, alohida huquq sohasi sifatida unchalik tan olinmagan. Bunga sabab, xalqaro xususiy huquq fan sifatida o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi va boshqa huquq fanlari bilan taqqoslaganda eng yosh huquq fani deb hisoblasa bo'ladi. Co'nggi yillarda xalqaro xususiy huquqqa bo'lgan etibor ancha kuchaydi. Bunga asosiy sabab siyosiy va iqtisodiy hayotning dunyo miqyosida keng ko'lamda rivoj topishi va O'zbekistonning ushbu jarayonda faol qatnashishidan iborat. xalqaro xususiy huquqning predmeti Umumiy qoidaga binoan har qanday alohida huquq sohasining predmeti, ushbu sohaning mazmunini tashkil qiluvchi huquqiy normalar vositasida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari va ushbu tartibga solishning metodi, yani usuli bilan ifodalanadi. Ushbu umumiy qoidadan xalqaro xususiy huquqning predmetini aniqlashda ham foydalanish lozim. Ushbu huquq normalari bilan tashqi savdo, ishlab chiqarish, qurilish-montaj, pudrat, xizmat ko'rsatish moliyaviy, kredit, hisob-kitob, komissiya, sug'o'rta, tijorat va boshqa turli tadbirkorlik faoliyatlari bo'yicha O'zbekiston va chet davlatlarning firmalari,kompaniyalari,birlashmalari o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar tartibga solinadi. Bunday munosabatlar qatoriga fan va texnika,intellektual mulk obyektlari, ijodiy faoliyat natijalari va boshqa madaniy qimmatliklar (masalan, san'at va madaniyat sohasidagi asarlar, kashfiyotlar, kinofilmlar, arxitektura loyihalari va h.k)dan foydalanish bo'yicha o'rnatilgan turli xil aloqalar ham kiradi. xalqaro xususiy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasiga, shuningdek O'zbekiston va chet el fuqarolarining nikohdan o'tishi, vasiylik va homiylik, farzandlikka olish, vorislik va boshqa shaxsiy, mulkiy munosabatlarga asoslangan aloqalar ham kiradi Bazi mamlakatlarda xalqaro xususiy huquq sohasining tarkibiy qismi faqat kollizion (to'qnashuvchi) normalardan tashkil topgan. Ushbu mamlakatlarda, masalan Germaniya, Fransiya, Vengriya, Bolgariyada xalqaro xususiy huquq odatda xalqaro kollizion huquq deb yuritiladi. xalqaro xususiy huquq alohida huquq sohasi sifatida huquq tizimida o'ziga yarasha joy egallaydi. Uning mazmuni davlatning ichki huquqiy normalari va kollizion (to'qnashuvchi) normalar bilan tartibga solinadigan normalardan tashkil topadi. Uning predmeti ushbu normalar bilan tartibga solinadigan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi (davlatlar ham xalqaro xususiy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo'lishi mumkin) chet el elementi bilan murakkablashgan mulkiy, shaxsiy, nomulkiy, oilaviy, mehnat munosabatlaridan va protsessual harakatlardan iborat. xalqaro xususiy huquq sohasi muayyan huquq normalari tarkibidan tashkil topgan bo'lib, boshqa huquq sohalaridan farq qiladi. Agar boshqa huquq sohalari normalari bilan ichki davlat ahamiyatiga ega munosabatlar tartibga solinsa, xalqaro xususiy huquq esa alohida soha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
256.86 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
256.86 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: pptx