Xitoy davlati va huquqi Reja O'rta asrlarda Xitoy davlatining rivojlanish bosqichlari. Xitoyning ijtimoiy tuzumi. Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari. O'rta asrlarda Xitoy huquqining asosiy belgilari. 1. O'rta asrlarda Xitoy davlatining rivojlanish bosqichlari Xitoyda ko'p ukladlilikning turg'unligi, sinflarning tashkil topish jarayoni tugallanmaganligi, patriarxal-urug'chilik va quldorchilik munosa-batlari qoldiqlarining saqlanib qolganligi, juda katta hududdagi turli rayonlarning xo'jalik va ijtimoiy rivojlanishi notekisligi va boshqalar natijasida o'rta asrlarning boshlanish vaqtini aniq vaqt (sana) bilan belgilash ancha murakkab. Yuqorida ko'rsatilganidek, Qadimgi Xitoy davlatidayoq o'z erkinliklarini yo'qotmagan kam yerli va yersiz dehqon-larni ekspluatatsiya qilishning turli shakllariga asoslangan yirik xususiy yer egaligi shakllangan edi. Soliqlar to'laydigan dehqonlarning davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ham keng tarqalib borgan. Dehqon-lardan asosan davlat foydasiga renta-solig'i olinardi. O'rta asrlarda Xitoy davlati tarixini davrlarga bo'lishda hukmron sulolalarning vaqti-vaqti bilan o'zgarib turishini va yirik imperiyalarning tashkil topishini hisobga olish zarur. Bu davrda tez-tez bo'lib turgan xalq qo'zg'olonlari davlatning ijtimoiy-sinfiy tuzilishida, shuningdek, siyosiy va huquqiy institutlarida u yoki bu darajada o'zgarishlarga olib kelgan. II asrda yerlarning xususiy yer egalari qo'lida to'planishi va II-II asrlardagi kuchli xalq harakatlari natijasida Xan imperiyasining qulashi yuz yillik ichki notinchlikka sabab bo'ldi. Keyinchalik yagona davlatning qayta tiklanishi Shimoliy Xitoyda asos solingan Szin sulolasi (260-420 yillar) ko'rinishidagi markazlashish jarayoni bilan bog'liq edi. Xitoyda yagona davlatning tashkil topishida ayniqsa Szin davlatining asoschisi Sim Yan islohotlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Islohotlarga binoan yerlarning katta qismi imperatorning, ya'ni davlatning mulki deb e'lon qilingan. Mustaqil dehqonlar esa davlatning yerlarini ushlab turuv-chilar va buning evaziga soliq to'lovchilar bo'lib qolgan. Ular turli darajalarga bo'lingan. Birinchi darajali soliq to'lovchilar - «chek yerlarni foydalanishga oluvchi» (erkaklar uchun 70 mu129 ayollar uchun 30 mu) va «soliqqa oid chek yerlar»ni (tegishlicha erkaklar uchun 50 mu, ayollar uchun 30 mu) oluvchi 16 yoshdan 60 yoshgacha erkak va ayollar tashkil etadi. Bu yerlardan olinadigan hosil yer uchun soliq va to'lovlar sifatida to'liq davlatga o'tkazilgan. Ikkinchi darajali soliq to'lovchilarga 13 yoshdan 15 yoshgacha va 61 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan dehqon oila a'zolari kirib, ular chek yerlarning yarmisini olardilar. Soliq to'lash yoshi-ga yetmagan va undan oshgan kishilar hech qanday chek yerlar olmagan. Davlatdan chek yer olgan soliq to'lovchi dehqonlar ishlab berish majburiyatlarini ham o'taganlar. Islohot yerlarning tenglashtirilishini anglatmagan. Masalan, chinov-niklar o'z mavqelariga (martabalariga) qarab 1 mudan 5 mugacha yer uchastkalari olgan. Ular soliq va majburiyatlardan ozod etilgan edi. Har bir chinovnikning ixtiyorida egallab turgan yer egaligi hajmiga qarab, 1 tadan 15 tagacha dehqonlarning tomorqa xo'jaliklari bo'lardi. Ular yerni ijaraga olib ishlovchi dehqonlar edi. Yerlarni taqsimlab berish tizimining yangi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.93 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.93 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc