XIX asr oxiri XX asr boshida O'rta Osiyoda ijtimoiy-siyosiy fikr Reja: 1. O'rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar. 2. Ma'rifatparvarlik harakatining vujudga kelishi va xususiyatlari. 3. Axmad Donish, Berdimurod Berdax, Sattarxon, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Anbar Otin, Avaz O'tar va Xamza Xakimzodalrning siyosiy huquqiy qarashlari. O'rta Osiyodagi rus bosqini davrida ijtiomiy-siyosiy fikrlar. XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyo tarixida yangi davr boshlandi. 60-70 yillar davomida O'rta Osiyo rus chorizmi tomonidan bosib olindi va Rossiya mustamlakasiga aylantirildi. CHorizm bu yerda o'zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirdi. Bu siyosat O'rta Osiyoni xom ashyo manibaiga aylantirishga, mahalliy aholini qoloqlik va nodonlikda saqlashga, milliy madaniyatning har qanday ko'rinishlarini yo'q qilishga qaratilgan edi. CHorizm O'rta Osiyoda mana shu mustamlakachilik maqsadlarni amalga oshirishga moslashtirilgan idora etish usulini o'rnatdi. Mustamlaka ma'muriy tizimini Turkiston general-gubernatori boshqarar edi, viloyatlarda harbiy gubernatorlar, uezdlarda uezd boshliqlari va ularga buysungan uchastka pristavlari idora qilar edilar. Mustamlakachilarning mahalliy aholiga bo'lgan munosabatlarini Sirdaryo viloyati harbiy gubernatorining uezd boshliqlari va pristavlarga yozgan quyidagi ko'rgazmasidan aniq ko'rish mumkin. «Mahalliy aholi, deyiladi unda, bizni faqat material sifatida qiziqtirishi kerak. Ulardan yaqin kelajakda, musulmon dinida bo'lsa ham, oddiy rus dehqonlarini tayyorlamok zarur. Kimki bunga bo'ysunmasa, uning xarob bo'lishi shubhasizdir: ular yersiz gado bo'lib, o'lib ketishadi yoki Rossiya ulardan voz kechadi. Buning xammasini nazarda tutmoq zarur, biroq bu mavzuda ortiqcha gap qilinmasin». CHorizm o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun mahalliy hukmron doiralardan ham foydalandi. Shu niyatda chorizm Turkistonda «mahalliy» ma'muriy organlarni tuzdi. Bu organlar mahalliy aholi vakillaridan «saylangan» mingboshi, ellikboshi, qozilar va ularning mahkamalaridan iborat edi. Ular mustamlaka hokimiyatining tayanchi bo'lib xizmat kildi. Senator K.Palen bu xaqda, rus ma'muriy organlari mahalliy boylar orqali idora qilishni qulay deb biladi, chunki hukumat buyruqlari shular orqali amalga oshadi, deb yozgan edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O'rta Osiyo iqtisodiy jihatdan ham qoloq o'lkalardan biri edi. Bu yerda asosan, feodal munosabatlari hukm surardi. CHorizmning butun siyosati bu yerda feodal zulmi va tartiblarini saqlab qolishga qaratilgan edi. Biroq, chor hukumatining bu urinishlariga qaramay, o'lkada obyektiv ravishda kapitalistik munosabatlar asta-sekin rivojlana boshladi. Rus kapitalizmi koloq milliy o'lkalarni, xususan Turkistonni ham, tovar oboroti doirasiga tortdi. O'rta Osiyoning kapitalistik munosabatlar ta'siri doirasiga tortilishida temir yullar qurilishi muhim omillardan biri bo'ldi. Kapitalistik munosabatlarning O'rta Osiyoga kirib kelishi. Qishlok xo'jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan bir necha sanoat korxonalari vujudga kelishiga, shahar aholisining ko'payishyga sabab bo'ldi. Kapitalistik munosabatlar asta-sekin qishloq xo'jaligiga ham kira boshladi. Bu jarayon dehqonlar ommasini yanada qashshoqlashtirdi, ularning ersizlanishini tezlashtirdi. Bu hol Farg'ona vodiysida tez bordi, chunki bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.23 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.23 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc