Xizmat ko'rsatish belgilarining tuzilishi, ko'rinish hollari Xizmat ko'rsatish belgilariga qo'yilgan talablar tovar belgilariga qo'yilgan talablarga to'g'ri keladi. Jumladan: Xizmat ko'rsatish belgilari sifatida ro'yxatidan o'tkazilmaydigan belgilar. Quyidagilar xizmat ko'rsatish belgilari sifatida ro'yxatdan o'tkazilmaydi: davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar; davlatning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to'liq yozilgan nomlari belgilari; 3) rasmiy nazorat, kafolat tamg'alari va namuna yo'sinidagi tamg'alar, muhrlar; 4) davlat xizmatalrining O'zbekiston Respublikasida qo'llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari; 5) farqlash xususiyatiga ega bo'lmagan belgilar; muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo'lgan belgilar; umum etirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar; xizmatlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo'ljallanganligi, ularning ishlab chiqariladigan yoki o'tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar; 9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg'on yoki iste'molchini chalg'itish mumkin bo'lgan belgilar; tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko'rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda siqarilganligi haqida tasavvur beruvchi belgilar; madanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo'g'rofiy nomlarini ifodalaovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek ―ko'rinishdagi‖, ―turdagi‖, ―usuldagi‖ va boshqa shunga o'xshash so'zlar bilan qo'shilgan holdagi belgilar; jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo'lgan belgilar; quyidagi belgilar: ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilgan yoki ro'yxatda berilgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro'yxatdan o'tkazilganligi yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilagriroq ustuvorlikka ega bo'lgan tovar belgilari bilan adashtirilgan yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar; har qanday xizmatlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umum etirof etilgan darajada bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar; ushbu Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan xizmat ko'rsatish belgilari bo'lgan belgilar bilan va bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar, bu belgilar har qanday xizmatlarga nisbatan shunday maqomga ega bo'lgan shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkaziladigan xizmat ko'rsatish belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism bundan mustasno; belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasi va shunga o'xshash bo'lgan belgilar; 14) quyidagi belgilar: o'zga shaxslarga tegishli va O'zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo'lgan firma nomlarini nomga bo'lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushganligi bo'lsa, takrorlovchi beliglar; sanoat namunalarini, agar ularga huquq O'zbekiston Respublikasida o'zga shaxslarga berilgan belgilar; O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san'at asalarining nomlarini va iboralarini, san'at asarlarini yoki ulardan ko'rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo'lgan shaxs yoki uning roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar; atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so'zlarini, basharti bular O'zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.68 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.68 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc