Xodimga yetkazilgan zararni qoplashga doir qonunlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari

Xodimga yetkazilgan zararni qoplashga doir qonunlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Xodimga yetkazilgan zararni qoplashga doir qonunlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Xodimga etkazilgan zararni qoplashga doir qonunlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlar Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash eng dolzarb masalalardan biri bo'ldi. Bu borada aholini bandligini ta'minlash, normal mehnat sharoitlarini yaratish asosiy vazifalardan hisoblanib, bu vazifalarni amalga oshirishga doir bir qator me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Yurtboshimiz bu masala bo'yicha «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida quyidagi fikrlarni bildirgan: «Aslida, bu vazifani birinchi qilib ham qo'yish mumkin, mehnat bozorini shakllantirish, yangi ish joylarini barpo etish va aholining ish bilan oqilona bandligini ta'minlash bo'yicha faol siyosat o'tkazish kerak. Bu borada ishsizlikning oldini olish, mehnatga yaroqli har bir fuqaro o'z mehnatidan daromad topib, o'z ehtiyojlarini qondirishi, o'z turmush darajasini, oila va bolalari farovonligini oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga egadir». Ish beruvchilar tomonidan xodimlarga normal mehnat sharoitlarini yaratilishini ta'minlash, mehnat muhofazasini kafolatlash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini oldini olish hamda mehnat vazifasini bajarishi jarayonida etkazilgan zarar uchun ish beruvchining javobgarligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XII-bobida xodimga etkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilab qo'yildi. Respublikamizda ish beruvchilarning xodimlar oldidagi majburiyatini, yani zarar yetkazish bilan bog'liq to'lanishi lozim bo'lgan to'lovlarni o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasining «Ish beruvchilarning fuqaroviy huquqiy javobgarligini majburiy sug'o'rtalash to'g'risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish ustida muhokama olib borilmoqda. Mehnat vazifalarini bajarishi jarayonida xodimning hayoti va sog'ligiga etkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq nizolarni hal qilishda O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 1 fevraldagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan to'lash qoidalari, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to'g'risidagi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 200 yil yil 23 dekabrdagi 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va sarflash tartibi to'g'risidagi Nizom bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudning 2003 yil 19 dekabrdagi «Mehnat vazifalarini bjarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog'ligiga etkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo'yicha sud amaliyoti haqida»gi №18 -sonli plenum qarorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu turdagi nizolarni hal etishning alohida xususiyatlaridan biri bu turdagi nizolarni hal etishga doir bir qator normativ huquqiy hujjatlarning mavjudligi va bu turdagi nizolarning turlicha ekanligi bilan bog'liqdir. Sudlar tomonidan xodimga etkazilgan zarar o'rnini qoplashga doir nizolarni hal etishning alohida xususiyatli tomoni shundaki, bu turdagi nizolarga davo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.35 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.35 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga