Xodimning ruhiy sog'lig'ini saqlashning muhim psixologik jihatlari

Xodimning ruhiy sog'lig'ini saqlashning muhim psixologik jihatlari

O'quvchilarga / Huquq
Xodimning ruhiy sog'lig'ini saqlashning muhim psixologik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Xodimning ruhiy sog'lig'ini saqlashning muhim psixologik jihatlari Reja: Stress - og'ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning zo'riqish faoliyatidir Xodimlarning kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlaydigan zarur, professional jihatdan muhim xislatlarini rivoj-lantirish Tegishli mashqlar uchun maxsus usullar tavsiya etiladi. Xodimning ruhiy sog'lig'ini saqlashning muhim psixologik jihatlari Insonning eng katta boyligi -salomatlikdir. Salomatlik deganda ko'pchilik jismoniy sog'lomlikni tushunadi, vaholanki, ruhiy sog'lomlik ham juda muhim. Ruhan nosog'lom kishining xattiharakatlari va xulq-atvori o'zgaradi, halovati yo'qoladi, fikrlashida buzilishlar yuzaga keladi. Siqilish, uyqusizlik, ishtahasizlik, tez g'azablanish, tushkunlik kayfiyati, diqqatni jamlay olmaslik, hayotdan zavqlana olmaslik, odamlar bilan kirishib keta olmaslik, o'lim qo'rquvi kabilar asab kasalliklarining belgilaridir. Bazi holatlarda asab kasalliklari tana orqali o'zini ko'rsatishi ham mumkin. Bularning oqibatida insonning jamiyat bilan aloqasi buziladi, turmush tarzida, kasbiy faoliyatida o'zgarishlar paydo bo'ladi. Shu manoda, jazoni ijro etish muassasasi xodimiga kundalik faoliyati davomida turli (ko'pincha, stress xususiyatiga ega) omillar ta'sir etadi. Bu esa, charchash, holdan toyish, turli salbiy hissiy holatlarning yuzaga kelishi, kasbiy xizmat faoliyatidagi kamchiliklarga va ruhiyatida buzilishlarga olib keladi. Ruhiy va jismoniy zo'riqishlar haddan tashqari ko'payganda, katta asabiylashish yuzaga keladi va natijada, faoliyat samaradorligi pasayadi, ishning noto'g'ri tashkil etilishiga, jiddiy xato va kamchiliklarga olib keladi. Bunday vaziyatlarning takrorlanishi ko'pincha xodimning ruhiyatidagi buzilishlarga, o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolishiga, asabiy ziqlik (dipressiya)larga olib keladi. Stress - og'ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning zo'riqish faoliyatidir. Inson shug'ullanadigan faoliyatning turi, uning mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning tashkiliy qismi va shoshilinch (ekstremal) omillar, shuningdek, tashqi muhit insonning bor imkoniyatlaridan ortig'ini talab qilib qo'yganida stress holati yuzaga keladi. Stressning fiziologik, psixologik, shaxsiy hamda tibbiy belgilari mavjud bo'lib, ularning istalgan turi doimo hissiy qo'zg'alish bilan birgalikda kechadi. Mutaxassislar stress holati belgilarini quyidagicha ajratishadi: fiziologik belgilari - yurak urishining va nafas olishning tezlashishi, yuz terisining qizarishi yoki oqarishi, terlash, qon tarkibida adrenalin miqdorining ko'payishi. psixologik belgilari - psixologik funksiyalar dinamikasining o'zgarishi, tafakkur operatsiyalarining sekinlashuvi, diqqatning bo'linuvchanligi, xotiraning pasayishi, qaror qabul qilish jarayonining passivlashuvi. shaxsiy belgilari - irodaning butunlay yo'qolishi, o'z-o'zini nazorat qilishning pasayishi, xulq-atvordagi stereotiplik va passivlik, qo'rquv, havotir, sababsiz bezovtalik, ijodkorlik qobiliyatining yo'qolishi. tibbiy belgilari - nevrozning ortishi, hushdan ketish, affektlar, bosh og'rig'i, uyqusizlik. O'z navbatida «stress etiologiyasi» bilan bog'liq kasalliklar qatoriga: yurak-qon tomir tizimi patalogiyasi, oshqozon yarasi, psixosomatik buzilishlar, nevrozlar, depressiv holatlarni kiritish mumkin. Stressni an'anaviy tarzda quyidagicha tushunish mumkin: organizm uchun xavf tug'dirayotgan salbiy omillarning ta'siriga nisbatan organizmning fiziologik reaksiyasi. Stress umumiy moslashuv sindromi bilan ifodalanadi hamda malum bosqichlarga ega hisoblanadi: 1) havotir reaksiyasi - u ro'y berayotganida organizmning qarshiligi avvaliga pasayadi («shok ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.92 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.92 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga