Xo'jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar Reja: Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o'tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish uchun javobgarlik. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish jinoyati uchun javobgarlik. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish uchun javobgarlik. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o'tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o'tkazish uchun jinoiy javobgarlik Noqoqnuniy tadbirkorlik faoliyati va savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug'ullanish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. Raqobatchini obro'sizlantirish va qonunga xilof ravishda axborot to'plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish jinoyatlari tushunchasi va yuridik tahlili 1. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o'tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish uchun javobgarlik (O'zR JK 186 -moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti qonun bilan mahsulotlarni sertifikat-lashtirishning belgilangan tartibi, shuningdek ho'jalik faoliyati sohasi-dagi iste'molchilarning manfaatlari, ularning xavfsiz tovar, ish va xiz-matlarni olishga bo'lgan huquqlarini ro'yobga chiarishga qaratilgan ijti-moiy munosabatlar. Qo'shimcha bevosita obyekti esa, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini ta-minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. (JKning 186-modda, 2, 3 va 4 -qismlari). Jinoyatning predmeti iste'molchilarning hayoti va sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar, (ishlar, xizmat) hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan iste'molchilarning hayoti yoki sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o'tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishda namoyon bo'ladi. JKning 186-moddasi, 1-qismida nazrada tutilgan jinoyat aybdor tomo-nidan qanday ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishidan qatiy nazar, mazkur norma dispozitsiyasida qamrab olingan harakatlarning atigi bittasini sodir etilishi bilan tugallangan hisoblanadi. Jinoyat subyektiv tomondan to'g'ri qasddan sodir etiladi. Aybdor iste-molchilarning hayoti yoki sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermay-digan tovarlarni ishlab chiqaryotganligi, saqlayotganligi, tashiyotganligi yoxud o'tkazayotganligini anglaydi, shunga o'xshash xarakterdagi ishlarni bajaradi yoki shunga o'xshash xarakterdagi xizmatlarni ko'rsatadi hamda bu harakatlarni sodir etishni hohlaydi. Jinoyatning motivi turli bo'lishi mumkin, lekin u jinoyatni kvali-fikatsiya qilishga ta'sir qilmaydi. Jinoyatning subyekti iste'molchilarning hayoti yoki sog'lig'i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o'tkazish, shuningdek ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishga javobgar bo'lgan 16 yoshga to'lgan shaxslar, yani sotuvchi, tayyorlovchi yoki ish (xizmat)ni bajaruvchi bo'lishi mumkin. JKning 186-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat qonunda bel-gilangan oqibatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Agar bu oqibatlar kelib chiqmasa JKning 186-moddasi, 2-qismi bilan javobgarlik istisno qiladi. JKning 186-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatda jinoiy qilmish (ishlab chiqarish, saqlash, tashish va boshqalar)ga nisbatan subyektiv ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.6 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.6 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: docx