Xo'jalik protsessida boshqa davlat organlarining ishtiroki Reja: 1. Xo'jalik ishlarini sudda ko'rishda prokurorning ishtirok etish asoslari va shakli 2. Ishda davlat organlari va boshqa organlarning ishtiroki 3. Xo'jalik sudida odilsudlovni amalga oshirishda ko'maklashuvchi shaxslar. 4.Cudda vakillik qilish tushunchasi, asoslari va turlari. 5. Vakillikni rasmiylashtirish va vakilning vakolatlari. 6. Xo'jalik protsessida vakil bo'la olmaydigan shaxslar. Xo'jalik protsessual huquqiy munosabat subyektlari haqida fikr yuritganimizda, xo'jalik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining uchinchi guruhiga, xo'jalik sudida ishda ishtirok etishni ta'minlab, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar (prokuror,davlat va boshqa organlar)ni kiritgan edik. Bu guruh subyektlar ishning pirovard natijasidan shaxsiy moddiy-huquqiy manfaatni ko'zlamaydi. Ularning ishdan manfaatlari yuridik xarakterga ega bo'lib, umumdavlat va jamiyat manfaatlarini ifoda etadi. Amaldagi xo'jalik protsessual qonunchiligimiz nizoli va alohida toifadagi ishlarni ko'rish jarayonida prokurorga, davlat organlari va boshqa organlar zimmasiga manfaatdor shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish vakolatini yuklagan. Bundan tashqari, davlat va jamiyatning huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo'jalik sudiga murojaat qilish huquqi, XPKning 6-moddasida ko'rsatilganidek, prokuror, davlat organlari va boshqa organlar davo taqdim etishlari mumkinligi belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi qonunlariga binoan prokuratura organlari O'zbekiston Respublikasidagi barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari,davlat nazorati idoralari,hokimliklar,shuningdek bo'ysunishidan, kimning tasarrufida bo'lishidan va mulkchilik shaklidan qatiy nazar, korxonalar, muassasalar,tashkilotlar, jamoat birlashmalari, harbiy qismlar, mansabdor shaxslar, shuningdekfuqarolar tomonidan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini nazoratni amalga oshirishi belgilangan. Prokuratura organlari o'z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo'ysunib amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi XPKning 43-moddasida: «Prokuror hamma ishlar bo'yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudiga davo arizasi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari, qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xo'jalik sudiga esa-tegishincha qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o'rinbosarlari taqdim etadi. Davo taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzishdan tashqari da'vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. Prokurorning o'z davosidan voz kechishi da'vogarni ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Prokuror tomonidan huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan davodan da'vogarning voz kechishi arizani ko'rmasdan qoldirishga olib keladi. qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishga prokuror qatnashishi zarur deb topgan hollarda ishni ko'rishda prokuror ishtirok etishi shart» ekanligi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, prokurorning xo'jalik protsessidagi ishtirokining: a) prokuror tomonidan ariza berish yo'li bilan ish boshlashini; b) manfaatdor shaxs tomonidan qo'zg'atilgan ishni ko'rishda jarayon boshlanishidan boshlab qatnashishi; v) qonun va sud tomonidan ishda prokurorning ishtiroki shart, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc