Xo'jalik protsessida isbotlash va dalillar Reja: 1. Xo'jalik protsessual huquqida isbotlash tushunchasi, uning predmeti. 2.Dalillar tushunchasi. 3. Isbotlashdan ozod etish uchun asoslar. 4. Dalillarning tasnifi (klassifikatsiyasi). 5. Dalillarning daxldorligi va isbotlash vositalariga yo'l qo'yilishligi. 6. Dalillarni ta'minlash. Xo'jalik protsessual huquqida isbotlash deb, O'zbekiston Respublikeasi XPK ga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xo'jalik sudi tomonidan ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilgan protsessual harakatlarning majmui tushuniladi. Sudda nizoli xo'jalik da'vosi qo'zg'atilganida, avvalo taraflardan isbot keltirish, ya'ni da'vo talabining asosli bo'lishligini yoki uning asossizligini isbotlash talab qilinadi. Xo'jalik protsessida isbotlash vositalari dalillar bo'lib hisoblanadi. Ish bo'yicha dalillar tushunchasi XPK ning 54-moddasida belgilangan bo'lib, unga muvofiq, XPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan ma'lumotlar ish bo'yicha dalillar bo'lib, ular asosida xo'jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e'tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa holatlar bor yoki yo'qligini aniqlaydi. Bunday ma'lumotlar taraflarning bayonotlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi. . Bular o'z navbatida isbotlash vositalari sifatida qonunda belgilangan. Xo'jalik protsessual huquqida isbotlash predmeti bo'lib, moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan faktlar va yuridik faktlar hisoblanadi. Ularni belgilash nizoli huquqiy munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq normalarini to'g'ri qo'llash va ishni mazmunan to'g'ri hal etish uchun zarur hisoblanadi. Masalan, xo'jalik sudi qarz shartnomasi bo'yicha pulni undirish to'g'risidagi hal qiluv qarorini chiqarishdan oldin, bunday shartnoma haqiqatdan bormidi, shartnomaning predmeti nimkadan iborat edi,shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish muddati qandayligini aniqlashtirishi lozim. Xo'jalik sudlari ishni ko'rishda taraflar tomonidan keltirilgan yoki xo'jalik sudi tashabbusi bilan talab qilib olingan dalillarga asoslanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'z talab va e'tirozlariga asos qilib keltirilayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi nizolar ko'rilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo'lgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi. Xo'jalik sudi, agar ishni ko'rib chiqish uchun mavjud materiallar yetarli emas deb hisoblasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qo'shimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqli (XPKning 55-moddasi). Isbotlashdan ozod etish uchun asoslar. Xo'jalik protsessida qonunchilik ayrim hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni isbotlash majburiyatidan ozod etadigan holatlari mavjud. Bu asoslar XPK da to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lib, ular ikkiga: a) hammaga ma'lum deb topilgan holatlarga; b) avvaldan aniqlangan faktlarga bo'linadi. XPKning 60-moddasida ishning xo'jalik sudi hammaga ma'lum deb topgan holatlari isbotlashga muhtoj emas deb ko'rsatilishi bilan xo'jalik sudining ilgari ko'rilgan ish bo'yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.69 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.69 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc