Xo'jalik protsessual huquqining tamoyillari (prinsiplari) Reja: 1. Xo'jalik protsessual huquqi tamoyillarining (prinsiplari) mohiyati va ularning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z aksini topganligi, 2. Xo'jalik protsessual huquqi asosiy tamoyillarining tasnifi. 3. Xo'jalik protsessual huquqida sud ishlarini yuritish bilan bog'liq bo'lgan tamoyillar. Bu mavzuni ochishdan oldin, avvalo, «prinsip»(tamoyil) so'zining manosini anglab olish lozim. « prinsip» termini lotin tilidan olingan bo'lib, «asos», «dastlabki» degan manoni anglatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, har qanday huquq sohasining ham o'ziga xos fundamental qoidalari, shu huquq sohasiga oid qonunlarning qoidalari mazmunida aks ettirilgan g'oyalari yotadi va huquq sohalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlarida belgilangan qoidalarga tayanadi. Xuddi shuningdek xo'jalik protsessual huquqi ham O'zbekiston Respublikasining asosiy qonunida va xo'jalik protsessual qonunchiligi normalarida o'z aksini topgan qoidalarga asoslanadiShunday qilib, xo'jalik protsessining tamoyil (prinsip)lari deb, xo'jalik protsessual huquqining asosiy, rahbariy qoidalariga aytiladi. O'zining mazmuni bo'yicha bu tamoyil (prinsip)lar sudning xo'jalik ishlarini ko'rish va hal qilish borasidagi vazifalari va faoliyatidan va qaysi qonunda o'zining ifoda etilganligidan kelib chiqib tizimlashtirilgan. Xo'jalik protsessual huquqi tamoyillarining tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,«Sudlar to'g'risida»gi qonunda va xo'jalik protsessual kodeksi me'yorlarida ifodalangan bo'lib, amalda bo'lishi, tadbiq etilishi yuzasidan bir-birlari bilan o'zaro uzviy bog'liq holda ikki guruhga: birinchidan, sud tuzilishi hamda sud ishlarini yuritishga oid umumiy( konstitutsion) va ikkinchidan, faqat sud ishlarini yuritishga xos tamoyillarga bo'linadi. Birinchi guruhga doir tamoyillarga quyidagilar kiradi: odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; odil sudlovni saylangan (tayinlangan) sudyalar tomonidan amalga oshirilishi; xo'jalik sudi sudyalarining mustaqqilligi va faqat qonunga bo'ysunishi; sud ishlarining milliy tilda yuritilishi; sudda ish ko'rishning oshkoraligi; Protsess ishtirokchilarining qonun va sud oldida tengligi prinsipi; sud hujjatlarining majburiyligi tamoyillari. Ikkinchi guruhga oid tamoyillarga quyidagilar: ishlarning amaldagi qonunlar asosida hal qilinishi; dispozitivlik,yani protsessdagi erkinlik huquqi; ishlarni yakka va kollegial tartibda ko'rilishi ; obyektiv haqiqat tamoyili; xo'jalik ishlarida ishtirok etuvchi taraflarning protsessual teng huquqliligi; ; tortishuvlik; 7) ishning yozma hujjatlar asosida, og'zaki ko'rilishi; ish ko'rishning bevositaligi; sud ishining uzluksiz ko'rilishi tamoyillari kiradi. Xo'jalik protsessual huquqi asosiy tamoyillarining tasnifi. Xo'jalik protsessual huquqining birinchi guruh tamoyillari sud tuzilishi hamda sud ishlarini yuritishga oid umumiy(konstitutsion) tamoyillar bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: 1. Odil sudlovni faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi prinsipi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida-har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega ekanligi ko'rsatilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Respublikamizda odilsudlovni amalga oshirish faqat sud organlarining vakolatiga kiritilganligi qonuniy mustahkamlab qo'yilgan. Sud o'z faoliyatini amalga oshirishda muayyan protsessual harakatlarni bajarishda belgilangan protsessual normalarga asoslanadi. Bu normalar chin haqiqatni aniqlashga, adolatli qaror ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc