Xo'jalik protsessual huquqining tushunchasi, predmeti, tizimi Reja: 1. Xo'jalik protsessi tushunchasi va uning bosqichlari. 2. Xo'jalik protsessual huquqi predmeti va uning tizimi 3. Xo'jalik protsessual huquqi fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o'zaro bog'liqligi 4. Xo'jalik protsessual huquqining manbalari tushunchasi va turlari O'zbekiston o'z davlat mustaqilligini e'lon qilinganidan keyin bozor iqtisodiyotini rivojlantirish yo'lini tanladi. Bu esa o'z navbatida, davlat organlari funksiyalariga yangicha yondashishni talab etdi. Iqtisodiy nizolarni xal etadigan organlar faoliyatining metodi va shaklini aniqlash asosiy masalalardan biriga aylandi. Shuning uchun sud tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish masalasi yuzaga keldi. Prezidentimizning Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir deb nomlangan ma'ruzasida: biz hokimiyatning uchinchi tarmog'i sud-huquq tizimini isloht qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat beramiz O'tgan yillar mobaynida mamalakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo'lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etildi. Sudlarning jinoiy, fuqarolik va xo'jalik ishlari bo'yicha ixtisoslashuvi amalga oshirildi-degan edi. Konstitutsiyasining 107-moddasida va O'zbekiston Respublikasining «Sudlar to'g'risidagi» Qonunining 1-moddasida kursatilishicha O'zbekiston Respublikasining sud tizimi 5 yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,Oliy sudi, Oliy Xo'jalik sudi, Korakalpogiston Respublikasi Oliy sudi, xo'jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyat va Toshkent shahar xo'jalik sudlaridan iborat bo'lib, ularning barchasi o'z ish faoliyatlarini mustaqil amalga oshiradilar. Binobarin, ana shu Qonuniy sudlardan tashqari boshqa biror bir maxkama sudlov ishini amalga oshirishga yoki favkulodda sudlar tuzilishiga yul kuyilmaydi. Xo'jalik sudlari sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud idoralarining alohida turidir. Uning vakolatiga iqtisodiy, tadbirkorlik va boshqa nizoli ishlarni ko'rib hal etish vazifasi yuklatilgan bo'lib, sudda ish yuritish tartibi Xo'jalik protsessual kodeksi asosida odil sudlovni protsessual harakatlarni tatbiq qilish bilan amalga oshiradi. Yuqoridagilardan xulosa qilib, xo'jalik protsessiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: xo'jalik protsessi bu davlat nomidan iqtisodiyot sohasida odilsudlovni amalga oshiruvchi xo'jalik sudlari faoliyatining tizimli harakatlari shaklidir. xo'jalik protsessual huquqi esa iqtisodiyet sohasida vujudga keladigan ,tadbirkorlik faoliyatii bilan shugullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi , davlat boshqaruv organlari va hokimiyat boshqaruv organlari o'rtasidagi xo'jalik nizolarini xal etishdagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Xo'jalik protsessi bir qancha bosqichlarga bo'linadi. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat: 1) xo'jalik sudida ish qo'zg'ash; 2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash; 3)birinchi instansiya sudida ish yuritish; 4) apellyatsiya instansiyasida ish yuritish; 5) kassatsiya instansiya sudida ish yuritish; 6) nazorat tartibda ish yuritish; 7) sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qaytako'rish, 8) sud hujjatlarini ijro qilish. Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibda,sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qaytadan ko'rish instansiyalari bosqichlarida ishning ko'rilishi manfaatdor ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.81 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.81 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc