Xo'jalik protsessual huquqiy munosabat va uning subyektlari Reja: 1. Xo'jalik protsessual huquqiy munosabat tushunchasi, uning tarkibi (elementlari). 2. Xo'jalik protsessida subyektlar tushunchasi va tarkibi. 3. Xo'jalik sudi xo'jalik protsessining ishtirokchisi va xo'jalik sudining sudyalarini chetlashtirish (rad etish) tartibi 4. Xo'jalik protsessida taraflar tushunchasi. Taraflarning huquq va majburiyatlari. 5. Protsessual sherik ishtirokchilik tushunchasi. Ishga daxldor bo'lmagan tarafni almashtirish.Protsessual huquqiy vorislik. 6. Xo'jalik protsessida uchinchi shaxslar. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar. 7. . Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar Davlat va huquq nazariyasidan ma'lumki, huquqiy munosabat deb, huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bu munosabat ishtirokchilari subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo'ladilar. Xo'jalik sudlari o'zining zimmasiga yuklatilgan odilsudlovni amalga oshirish bilan bog'liq faoliyat jarayonida xo'jalik protsessining boshqa ishtirokchilari bilan huquqiy munosabatga kirishadi. Bu munosabatlar xo'jalik protsessual huquqiy munosabatlar deb ataladi. Bunday huquqiy munosabatlar o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquqiy munosabatlardan ajralib turadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: Birinchidan, xo'jalik protsessual huquqiy munosabatlarda xo'jalik sudi albatta ishtirok etadi.Xo'jalik protsessual huquqiy munosabat xo'jalik sudi ishtirokisiz vujudga kela olmaydi. Protsessning barcha ishtirokchilari faqat xo'jalik sudi bilangina munosabatga kirishadi. Ammo, bu munosabatlar sud bilan protsessning barcha ishtirokchilari o'rtasida bir vaqtning o'zida vujudga kelmaydi. Xo'jalik protsessual huquqiy munosabatlar xo'jalik sudi (xo'jalik sudi sudyasi) bilan protsessda ishtirok etuvchi barcha shaxslar o'rtasida iqtisodiy nizolarni va boshqa ishlarni ko'rish va hal qilish, sud hujjatlarini qayta ko'rish va ularni ijro qilish jarayonida vujudga keladi. Ikkinchidan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'zaro moddiy-huquqiy munosabatda bo'lishi mumkin.Shu bilan bir vaqtda ular xo'jalik sudini chetlab turib o'zaro xo'jalik protsessual huquqiy munosabatga kirisha olmaydilar. Uchinchidan, xo'jalik protsessual munosabatlarda protsessning barcha ishtirokchilari faqat sud bilan protsessual munosabatlarda bo'lsalar ham, ammo bu holat yagona bir butun protsessual huquqiy munosabatni vujudga keltirmaydi. To'rtinchidan, xo'jalik protsessual huquqiy munosabatlarda asosiy subyekt bo'lib ko'rilgan xo'jalik sudining odilsudlovni amalga oshiruvchi subyekt sifatidagi foliyati qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan. Xo'jalik sudi va protsessining boshqa ishtiokchilari o'rtasidagi munosabatlar ham qonun hujjatlari doirasida, asosan xo'jalik protsessual kodeks vositasida tartibga solinadi. Demak, xo'jalik sudlarining manfaatlari protsessual huquqiy munosabatning boshqa subyektlari manfaatlariga zid kelmaydi. Beshinchidan, xo'jalik protsessual huquqiy munosabatlar protsessual normalar asosida vujudga keladi. Har qanday huquqiy munosabat kabi, xo'jalik protsessual huquqiy munosabatlar ham yuridik faktlar asosida vujudga keladi, o'zgaradi va bekor bo'ladi. Har qanday huquqiy munosabat kabi xo'jalik protsessual huquqiy munosabat ham quyidagi elementlardan tashkil topgan: xo'jalik protsessual huquqiy munosabatning obyekti, mazmuni va subyekti. Xo'jalik protsessual huquqiy munosabatning obyekti bo'lib, bu munosabat nimaga qaratilgan bo'lsa, shu uning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.65 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.65 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc