Xo'jalik protsessual muddatlar

Xo'jalik protsessual muddatlar

O'quvchilarga / Huquq
Xo'jalik protsessual muddatlar - rasmi

Material tavsifi

xo'jalik protsessual muddatlar Reja: 1. Protsessual muddatlar tushunchasi, turlari va ahamiyati. 2. Protsessual muddatlarni tuxtatish, tiklash va uzaytirish uchun asoslar. xo'jalik protsessual muddatlar-bu xo'jalik sudlov ishlarini yuritish, xo'jalik sudi karor(ajrim)larini qayta ko'rish,sud hujjatlarini ijro etish alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish bilan bog'liq qonunda yoki xo'jalik sudi tomonidan belgilangan muddatlardir. xo'jalik sudlov ishlarida qo'llaniladigan muddatlarni ikki turga ajratish mumkin: qonun bilan belgilangan muddatlar (xo'jalik sudi uchun, ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun, ishda ishtirok etmaydigan shaxslar uchun); xo'jalik sudi tomonidan belgilanadigan muddatlar (ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun, ishda ishtirok etmaydigan shaxslar uchun). xo'jalik sudlari uchun qonun bilan belgilangan muddatlarni o'z navbatida: nizolarni hal qilish; ishlarni qayta ko'rish (apellyatsiya, kassatsiya shikoyati(protesti)ni.sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizalarni ko'rish uchun ); alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish (sud topshirigi to'g'risidagi ajrimni ijro etish uchun un kungacha; davoni ta'minlash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uchun, davoni ko'rib chiqish uchun kabul qilish to'g'risidagi ajrimni chiqarish uchun un kunlik; taraflarga ajrim, hal kiluv karori, karorni yuborish uchun belgilangan besh kunlik tanaffus uchun - uch kunlik) muddatlariga ajratish mumkin . Ishda ishtirok etuvchi va ishda ishtirok etmaydigan shaxslar uchun qonunda belgilangan muddatlar: sud buyrugi berish to'g'risidagi kreditorning arizasiga karzdorning yozma fikr bildirishi uchun belgilangan un kunlik ; karzdor sud buyrugini bekor qilish to'g'risidagi arizani takdim etish uchun belgilangan un kunlik ; apellyatsiya va kassatsiya shikoyat(protest)i keltirish uchun belgilangan bir oylik; sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani takdim etish uchun belgilangan bir oylik; ijro varakasini ijroga takdim etish uchun belgilangan olti oylik muddatlarga bulinadi. xo'jalik sudi tomonidan belgilanadigan muddatlar, amaldagi qonunchilikka muvofik, ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun, ishda ishtirok etmaydigan shaxslar uchun muayyan protsessual harakatlarni bajarishlari talab etilgan holatlarda belgilanadi.Masalan, ishni ko'rishni keyinga koldirilganda, xo'jalik sudi dalillarni takdim etish muddatini aniklashtirishi lozim. qonunchilik xo'jalik sudlarida ishlar to'g'ri va o'z vaqtida qurilishi lozimligini belgilaydi. xo'jalik sudlarida ishlarning o'z vaqtida ko'rib hal etilishi muhim ahamiyatga ega.xo'jalik ishlarining o'z vaqtida qurilishi bilan avvalo,davlat organi bo'lgan xo'jalik sudining zimmasiga yuklatilgan odilsudlovni amalga oshirish funksiyasi bajarilib, Konstitutsiya bilan kafolatlangan sud himoyasi ta'minlanadi; buzilgan huquq va qonuniy manfaatlar tiklanadi; xo'jalik munosabatlaridagi qonun buzilishiga barham berilib, oxir oqibatda iqtisodiyotga etkazilgan zarar koplanadi. Protsessual muddatlar qonun bilan yoki sud tomonidan belgilanganligidan katiy nazar kunlar, oylar va yillar bilan hisoblanadi. Odatda protsessual harakatlar bajarilishi mumkin bo'lgan davr etiborga olinib, aniq kalendar kuni bilan belgilanadi. Shu bilan birga boshqacha tarzda ham belgilanishi mumkin, masalan, XPKning 96-moddasida kursatilganidek, albatta sodir bo'lishi mumkin bo'lgan vokeani yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.68 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.68 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga