xo'jalik sudining hujjatlari Reja: 1. xo'jalik sudining hujjatlari tushunchasi va turlari. 2. xo'jalik sudining hal kiluv karori tushunchasi va tuzilishi 3. xo'jalik sudida hal kiluv karorini chiqarish tartibi. 4. xo'jalik sudining ajrimi, uning tushunchasi, turi va qonuniy kuchga kirishi iqtisodiyot sohasidagi va boshqa nizoli ishlarni ko'rib, hal qilish natijasida xo'jalik sudlari sud hujjatlarini kabul qiladi. xo'jalik sudining sud hujjatlari deb, bu sudning irodasining yozma shaklda ifodalanishi tushuniladi. xo'jalik sudlari sud buyrugi, hal kiluv karori, karor va ajrim shaklidagi sud hujjatlarini kabul qiladi. Birinchi instansiya xo'jalik sudlari sud buyrugi, hal kiluv karori va ajrim kabul qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari karor va ajrim, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Rayosati karor kabul qiladi. xo'jalik sudlari tomonidan kabul qilingan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari butun O'zbekiston hududida barcha davlat organlari, fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy. xo'jalik sudi tomonidan kabul kilinadigan sud hujjatlari ichida sud buyrugi alohida ahamiyatga ega. Sud buyrugi kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni karzdoning mol-mulkiga karatishi haqidagi arizasi bo'yicha sudya chikargan hujjatdir. Sud buyrugining maqsadi-kreditorlarga karzdorlarning o'zi nizosiz deb tan olgan talablari yuzasidan ijro kuchiga ega bo'lgan karorlarni olishni soddalashtirishdadir, shuningdek undiruvning qisqa muddatlarda va arzonrok amalga oshirish imkoniyatini yaratishdan iborat. Sud buyrugi sudya tomonidan quyidagi hollarda beriladi: soliklar, yigimlar va davlat byudjetiga majburiy to'lovlar bo'yicha bokimandalarni undirishni tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkiga karatish to'g'risidagi talab kuyilsa; hujjatlar asosida tan olingan debitorlik karzini undirish to'g'risida talab kuyilsa; talab tulanmagan, aktseptlanmagan va aktseptga sana kuyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslansa. Sud buyrugi berish to'g'risidagi arizani ko'rib hal qilish bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik sudining faoliyatini bir kancha bosqichlarga ajratish mumkin: -sud buyrugi berish to'g'risidagi arizani berilishi; -sud buyrugi berish to'g'risidagi arizani kabul qilishni rad etish; -karzdorni xabardor qilish; -sud buyrugini berish yoki uni berishni rad etish; -sud buyrugini bekor qilish; -sud buyrugini ijro etish. Kreditor sud buyrugi berish to'g'risidagi arizani xo'jalik sudiga berishda sudlovlilikning umumiy qoidalariga rioya kilgan holda beradi. Sud buyrugini berish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni, unga ilova kilinadigan hujjatlarning ruyhati, arizani kabul qilishni rad etish asoslari XPK ning 104;107;109-moddalarida o'z aksini topgan. Sud buyrugining mazmuni o'z ichiga kuyidagilarni olishi kerak: xo'jalik sudining nomi va buyruk berilgan sana; ishning tartib rakami, sudyaning familiyasi va ism-sharifining bosh xarflari, talab nima haqidaligi; karzdor va kreditorning nomi,ularning manzillari; undirilishi lozim bo'lgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim bo'lgan mol-mulk, uning qiymatini kursatgan holda; neustoyka, agartulanishi lozim bulsa; karzdordan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.45 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.45 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc