Xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish

Xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish

O'quvchilarga / Huquq
Xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish - rasmi

Material tavsifi

xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish Reja: 1. xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish tushunchasi va asoslari. 2. qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani berish tartibi va muddati. 3. xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta kuruvchi sudlar. Ishni qayta ko'rishni rasmiylashtirish. xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish xo'jalik protsessining sud hujjatlarini qayta ko'rish usullaridan biri hisoblanadi. Bu bosqichning ham apellyatsiya, kassatsiya instansiyalari kabi asosiy vazifasi kabul qilingan sud hujjatlarini qonuniy va asosliligini tekshirish, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarning adolatli himoyasini kafolatlashdan iborat. Yangi ochilgan holatlar - bu ishni mazmunan ko'rish vaqtida mavjud bo'lgan yuridik faktlar bo'lib, ammo ular sud hujjati kabul kilinish vaqtida arizachiga va sudga nomalum bo'lgan va malum bo'lishi mumkin bo'lmagan holatlardir. Shuningdek bu yuridik faktlar ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi, yani ular mavjud huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lishiga ta'sir qilishi mumkin. Yangi ochilgan holatlarni sud hujjati kabul kilinganidan keyingi vujudga kelgan yoki uzgargan, yani sud hujjati kabul kilinayotganda mavjud bo'lmagan,holatlar bilan adashtirmaslik kerak. Yangi ochilgan holatlarni, shuningdek ishni ko'rish vaqtida takdim etilmagan yangi dalillar bilan ham adashtirmaslik kerak. Yangi dalillar ishni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida yoki nazorat tartibida qaytadan ko'rish uchun asos bo'lishi mumkin. xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish xo'jalik protsessining mustaqil bosqichi sifatida uzining qayta ko'rish asoslariga, obyektlariga, subyektlariga va qayta ko'rish tartibiga ega. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish asoslari XPK da katiy belgilab qo'yilgan.unga muvofik sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish uchun kuyidagilar asos bo'ladi: 1) arizachiga malum bo'lmagan va malum bo'lishi mumkin bo'lmagan, ish uchun muhim holatlar; 2) guvohning bila turib yolgon kursatuvlar bergani, ekspertning bila turib yolgon xulosa bergani, tarjimonning bila turib noto'g'ri tarjima kilgani, hujjatlar yoki ashyoviy dalillarning soxtaligi, bu hol sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy yoki asoslanmagan sud hujjati kabul qilinishiga sabab bo'lgan bulsa; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoxud ular vakillari yoki sudyalarning shu ishni ko'rish vaqtidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy kilmishlari; 4) ushbu hal kiluv karorini kabul qilishga asos bo'lgan xo'jalik sudining hujjati yoki sudning hal kiluv karori, hukmi yoxud boshqa organning karori bekor kilinganligi. Masalan, yangi ochilgan holatlar bo'yicha sud hujjatlarini qayta ko'rish dalillarni soxtalashtirish, yani guvohning bila turib yolgon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.6 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.6 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga