Xo'jalik sudlari qarorlarini apellyatsiya tartibida qayta ko'rish

Xo'jalik sudlari qarorlarini apellyatsiya tartibida qayta ko'rish

O'quvchilarga / Huquq
Xo'jalik sudlari qarorlarini apellyatsiya tartibida qayta ko'rish - rasmi

Material tavsifi

xo'jalik sudlari karorlarini apellyatsiya tartibida qayta ko'rish Reja: 1. xo'jalik protsessida apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi. 2.Apellyatsiya tartibida shikoyat berish va ularni subyektlari tushunchasi. 3. Apellyatsiya tartibida ish yuritish uchun uni kuzgatish tartibi 4. Apellyatsiya instansiya sudida ish yuritish. 5. Apellyatsiya instansiya sudining vakolati. 6. Apellyatsiya instansiyasida hal kiluv karorlarini uzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar. Apellyatsiya instansiyasining karori. xo'jalik protsessual qonunchiligi bo'yicha xo'jalik protsessining bosqichlari: 1) xo'jalik sudida ish kuzgash; 2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash; 3)birinchi instansiya sudida ish yuritish; 4) apellyatsiya instansiyasida ish yuritish; 5) kassatsiya instansiya sudida ish yuritish; 6) nazorat tartibda ish yuritish; 7) sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish, 8) sud hujjatlarini ijro qilishdan iborat. Bu bosqichlardan apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ish yuritish va sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish instansiyalari-kabul qilingan sud hujjatlarini qayta ko'rish bosqichlari bo'lib hisoblanadi. Etirof etilgan har bir bosqich uziga hos xususiyatlari bilan, yani ishni qaytadan ko'rish maqsadi, subyekti, qayta ko'rish obyekti, mazkur sudning vakolat doirasi bilan farqlanadi. Bu bosqichlarning asosiy vazifasi uzidan oldingi instansiyalarda kabul qilingan hujjatlarning qonuniy va asosliligini tekshirishdan iborat bo'lib, noto'g'ri va noqonuniy sud hujjatlari kabul qilinishini oldini olishdan iborat. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish bilan sud hujjatlarini qayta ko'rish bosqichi boshlanadi. «Apellyatsiya» so'zi lotincha so'z bo'lib-«murojaat etish» degan manoni anglatadi. Apellyatsiya instansiyasi sud hujjatlarini qayta kuruvchi instansiya sifatida birinchi marotaba 1997 yil kabul qilingan xo'jalik protsessual kodeksiga muvofik kiritilgan. Unda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ko'rib hal kiluv karori kabul kilinganidan keyin, bu karordan norozi bo'lgan taraf va ishning natijasidan manfaatdor bo'lgan (XPK ning 34-moddasida belgilangan) shaxslar apellyatsiya instansiyasiga shikoyat qilish huquqiga ega ekanligi belgilandi(XPKning156-moddasi). yuqoridagilardan apellyatsiya shikoyati subyektlari doirasini ajratish mumkin. Apellyatsiya shikoyati subyektlari sifatida ishda ishtirok etuvchi shaxslar- taraflar, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar,nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan chikmaydigan uchinchi shaxslar, ularning vakillari va huquqiy vorislari, davlat organlari va boshqa idoralar,prokuror, shuningdek ishda katnashmagan, birok ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan sud karori chikarilgan shaxslar katnashadilar. .Apellyatsiya shikoyatining obyekti sifatida fakat birinchi instansiya xo'jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal kiluv karori hisoblanadi. xo'jalik protsessual qonunchilik xo'jalik sudining tulik hal kiluv karorigagina emas, balki karorning bir kismiga ham apellyatsiya shikoyati keltirilishi mumkinligini belgilaydi (masalan, karorning xulosa kismida sud xarajatlarining taraflar o'rtasida taksimlanishi haqidagi karorning uziga). Shunday qilib apellyatsiya instansiyasida ish yuritish deb, birinchi instansiya sudi tomonidan kabul kilinib, qonuniy kuchga kirmagan hal kiluv karorini taraflardan birining yoki ishdan manfaatdor bo'lgan boshqa shaxslarning shikoyatlari asosida qayta qurilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.8 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.8 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga