Xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati

Xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati

O'quvchilarga / Huquq
Xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati - rasmi

Material tavsifi

Xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati Reja: Apellyatsiya shikoyati Protestni chaqirib olish. Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunining 33- moddasiga asosan hamda «Sudlar to'g'risida»gi Qonuning 9-moddasiga asosan xo'jalik sudlarida xo'jalik nizolarini ko'rishda prokurori ishtirokining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Unga ko'ra prokuror xo'jalik nizolarini ko'rishda sudda ishtirok etadi. O'zbekiston Respublikasining Xo'jalik protsessual kodeksining 43-moddasiga ko'ra, «Prokuror hamma ishlar bo'yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudiga davo arizasini O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xo'jalik sudiga esa- tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o'rinbosarlari taqdim etadi. Davo taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzishdan tashqari da'vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlar bajaradi. Prokurorning o'z davosidan voz kechishi da'vogarni ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Prokuror tomonidan huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan davodan da'vogarning voz kechishi arizani ko'rmasdan qoldirishga olib keladi. Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokuror qatnashish zarur deb topgan hollarda ishni ko'rishda prokuror ishtirok etishi shart». Xo'jalik sudida ishni ko'rishga tayyorlash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak Alohida hollarda ishni ko'rish muddati xo'jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Xo'jalik sudi ishni ko'rganda ish bo'yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko'rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko'zdan kechiradi. Ishni ko'rish sudning o'zgarmas tarkibida amalga oshiriladi. Xo'jalik sudida ishni ko'rishning yana bir o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, har bir ishni ko'rish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Xo'jalik sudi ish bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinguncha yoki ishni ko'rish keyinga qoldirilguncha boshqa ishlarni ko'rishga haqli emas. Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaslardan ularda ish bo'yicha qo'shimcha materiallar bor-yo'qligini aniqlaydi. Bunday arizalar bo'lmasa, raislik qiluvchi ishni tekshirish tugaganligini elon qjiladi va xo'jalik sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun chiqib ketadi. Hal qiluv qarori imzolangandan keyin ish ko'rilgan majlisning o'zida raislik qiluvchi tomonidan elon qilinadi. Xo'jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat o'tgach kuchga kiradi. Xo'jalik sudining hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qabul qilingan kundan etiboran besh kunlik muddatda topshirilganligi malum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xo'jalik sudining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.86 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.86 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga