Xo'jalik sudlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari Reja: Xo'jalik sudlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash Xo'jalik sudlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash Qonun normalarini xo'jalik sudlari faoliyatida to'g'ri va bir xilda tatbiq etish Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilikni takomillashtirishga alohida etibor qaratilib, unda inson huquq va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qilish, har bir fuqaroning o'z salohiyati hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari ta'minlanishining muhim omillaridan biri bo'lib, ushbu masalaga milliy qonunchiligimizda alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Konstitutsiyamizning 35-moddasida belgilab qo'yilganidek, har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egadir. Davlat organlari va muassasalariga, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham murojaat qilishlari mumkin. Ushbu murojaatlarni ko'rib chiqishda vujudga keladigan har qanday ijtimoiy va huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2014 yilning 4 dekabrdan O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun kuchga kirdi. Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishining qo'shimcha kafolatlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Unda murojaatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalangan holda berish imkoniyati huquqiy jihatdan mustahkamlanib, aynan mana shu jihatlari qonunning muhim yangiligi hisoblanadi. Qonun normalarini xo'jalik sudlari faoliyatida to'g'ri va bir xilda tatbiq etish Qonun normalarini xo'jalik sudlari faoliyatida to'g'ri va bir xilda tatbiq etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risida»gi namunaviy nizom talablari asosida Oliy xo'jalik sudi Rayosatining 2015 yil 30 apreldagi 34-sonli qarori bilan «O'zbekiston Respublikasi xo'jalik sudlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risida»gi yo'riqnoma tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi. Takidlash kerakki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash va uni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Buni xo'jalik sudlarida joriy qilingan amaliyot misolida ham ko'rish mumkin. Shu o'rinda, xo'jalik sudlarida nizolarni hal qilishda odil sudlovning oshkoraligi va hamma uchun ochiqligi masalalarining muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish joiz. Odil sudlovning hamma uchun ochiqligi zamirida, birinchi navbatda, har qanday shaxsning sudga murojaat qilishi va unda ishtirok etish imkoniyatining to'liq ta'minlanishi yotadi. Sudda ochiqlik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.22 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.22 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc