Xo'jalik sudlariga ishlarning taalluqliligi va sudlovliligi Reja: 1. Xo'jalik sudlariga taalluqli ishlar tushunchasi, turlari va mezoni. 2. Xo'jalik sudlarida ko'riladigan nizolar. 3. Taalluqlilikka qo'yiladigan protsessual huquqiy qoida talablariga rioya etmaslikning oqibatlari. 4. Sudlovlilik tushunchasi va turlari. 5. Ishlarning turlari bo'yicha sudlovlilik. hududiy sudlovlilik va uning turlari. 6. Ishlarni bir xo'jalik sudidan boshqasiga o'tkazish. Xo'jalik sudlariga taalluqli ishlar tushunchasini aniqlashdan oldin taalluqlilik tushunchasini anglab olish lozim. Taalluqlilik deganda, huquq haqidagi nizolarni ko'rish va hal qilish vazifasi qonun bilan u yoki bu davlat organi yoki jamoat tashkilotiga yuklatilganligi tushuniladi. Xo'jalik sudlariga taalluqli ishlar deganda esa,qonunlarga muvofiq belgilangan ishlar doirasini ko'rib chiqish va hal etish vazifasi xo'jalik sudlari vakolotiga kiritilgan ishlar tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasiga muvofiq, xo'jalik sudlarining vakolat doirasi belgilangan bo'lib, sud hokimiyatining mustaqil bo'g'ini sifatida iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan kelishmovchiliklarni ko'rib hal qiladi. Aynan shu qoida xo'jalik sudlarining vakolatlarini aniqlashtirib beradi va uning boshqa davlat organlari, xususan, umumiy yuridiksiya sudlari vakolat doirasidan farqini belgilaydi O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik protsessual kodeksida xo'jalik sudlari vakolatiga kiritilgan nizoli va boshqa ishlarning qaysi turdagilari kiritilishi konkretlashtirilgan (23-modda). Ishlarni qaysi organga taalluqliligini chegaralovchi mezon sifatida nizoli huquqiy munosabatning uchta belgisini ajratish mumkin, yani: a) nizolar vujudga keladigan soha; b)nizoli huquqiy munosabatlarning xarakteri va v)subyektiv tarkibi. Xo'jalik sudlariga taalluqli ishlarni chegaralovchi mezonlarning birinchi belgisi nizolar vujudga keladigan soha, yani iqtisodiyot sohasidagi ishlardir. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy soha xo'jalik faoliyatini yuritish bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq. Bu mezon xo'jalik sudlari bilan umumiy yuridiksiya sudlarini vakolatlarini chegaralaydi. Xo'jalik sudlariga taalluqli ishlarni chegaralovchi mezonlardan yana biri bu nizoli huquqiy munosabatlarning xarakteridir.O'zbekiston Respublikasi XPK ning 23-moddasiga muvofiq iqtisodiyot sohasidagi fuqaroviy, ma'muriy va boshqa munosabatlardan kelib chiqqan nizoli ishlar xo'jalik sudlariga taalluqli ekanligi belgilangan. Demak,nizoli huquqiy munosabatning xarakteri nizoning qanday munosabatdan, yani fuqaroviy,ma'muriy yoki boshqa munosabatlardan kelib chiqqanligiga bog'liq ekan. Xo'jalik sudlariga taalluqli ishlarni chegaralovchi mezonlarning uchinchisi bu nizoli huquqiy munosabat subyektlarining tarkibi. Xo'jalik sudlariga yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar o'rtasida kelib chiqayotgan nizolar tegishlidir. Bulardan tashqari, xo'jalik sudlarida ishlarni taalluqli bo'lishni qo'shimcha mezoniga huquqni nizoli va nizosiz taraflarning kelishuvi, shuningdek nizoli huquqning mazmuni (xarakteri) yani uning huquqiy me'yorlar bilan tartibga solinishi yoki solinmasligi ahamiyatlidir. Xo'jalik ishlarini sudga taalluqli bo'lish turlariga ahamiyat berish zarur. Ishlarni xo'jalik sudlariga to'g'ridan-to'g'ri taalluqli ekanligi qonunda ko'rsatilgan bo'lishi kerak, shunga ko'ra taalluqlilik mustasno va ko'p turdagi ko'rinishda bo'ladi, masalan bankrotlik to'g'risidagi ishlar qonun bilan faqat xo'jalik sudlariga taalluqli ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.62 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.62 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc