Xorij fuqarolari tomonidan va ularga qarshi sodir etilgan jinoyatlar tergovi Reja: 1. Xorij fuqarolarining huquqiy holati 2. Xorij fuqarolari bilan bog'liq ishlar bo'yicha tergov olib borishning xususiyatlari Xorij fuqarolari tomonidan va ularga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni ochish va tergov qilish uslubi o'ziga xosdir. Mazkur jinoyatlarni aniqlashga imkoniyat beruvchi xususiyatlari tajovuz subyekti yoki bevosita obyektiga qaratilgan jinoiy harakatlarda ifodalanadi. Bu turdagi jinoyat ishlarini olib borayotganda xorijlik fuqarolarning huquqiy mavqeini, vujudga kelishi mumkin bo'lgan tarjima muammolari, xorijliklar uchun g'ayritabiiy sharoit, turmush tarzi, yurish-turish qoidalari, mamlakatimizning urf-odat va qonunlari, sud ishlari jarayonini yaxshi bilmaslik kabi ayrim psixologik omillarni hisobga olish zarur. Psixologik jihatdan yana bir holatni ko'zda tutish kerak: MDHning ko'pchilik fuqarolari O'zbekistonda bo'lgan paytlarida o'zlarini butunlay chet ellik deb hisoblamaydilar, «o'zimizniki» degan ichki tuyg'u ularning yurish-turishi va xatti-harakatlarida aks etadi. Bu huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xatti-harakatida ham namoyon bo'lishi mumkin: dastlabki tergov jarayonida xorijliklar va ularning konsulxonalari bilan muloqotda zarur qoidalarni etiborga olmaslik. xalqaro huquq qoidalariga muvofiq xorijlik deb ushbu davlat hududida bo'la turib boshqa davlat fuqaroligiga mansub bo'lgan har qanday shaxs tushuniladi. Xorijlik o'z fuqaroligining dalili sifatida milliy pasporti yoki uning o'rnini bosuvchi hujjatga ega bo'lishi shart. O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan, lekin mamlakatimiz hududida yashayotgan, biror xorijiy davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatsiz shaxs fuqaroligi yo'q shaxs (apatrid) deb tan olinadi. Xorijliklar mamlakatimizda ko'zda tutilgan hollardan tashqari, O'zbekiston fuqarolari bilan, bir xil huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Bu holat javobgarlik tartibining bir xilligini ham anglatadi. Bundan mustasno holat O'zbekiston Respublikasi JK 11 modda 4 qismida ko'zda tutilgan: xorijiy davlat fuqarolarining jinoiy javobgarlik masalasi xalqaro huquq qoidalariga muvofiq hal etiladi». O'zbekiston JPKda (4-modda 2-qism) «immunitetga ega shaxslar»ning, yani diplomatik (konsullik) vakillarining o'z shaxsi, uy-joylarini, arxivlarini, o'zaro xat yozishuvlari va pochtasini yashayotgan davlatdagi ma'muriy yoki boshqa organlarining majburiy xatti-harakatidan to'liq himoya huquqi nazarda tutilgan. Diplomatik (konsullik) vakillari har qanday holatda qamoqqa olinishi yoki ushlab turilishi mumkin emas; ularning ish va yashash joylari, xizmat xonalari, shaxsiy va xizmat avtomobillarining saloni tintuv qilinishi, tekshirilishi, olib qo'yilishi, musodara qilinishi mumkin emas; arxivlar, pochta va o'zaro yozishuvlar ochilishi yoki ushlab qolinishi mumkin emas; ular sudda guvohlik berishga majbur emaslar, guvohlik berishga rozi bo'lgan holatda tergov yoki sud organlariga kelishga majbur emaslar. Quyidagi xorij fuqarolari guruhi O'zbekiston jinoyat sudlov jarayonidan daxlsizdir: 1. Diplomatik vakillar xodimlari: a) O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan diplomatik personal va ular bilan yashayotgan oila a'zolari; b) O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan ma'muriy-texnik xodimlar va ular bilan yashayotgan oila a'zolari; v) O'zbekiston fuqarosi bo'lmagan, lekin yurtimizda muqim (doimiy) yashaydigan, xizmat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.83 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.83 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc