Xorijiy davlatlar konstitutsiyalari

Xorijiy davlatlar konstitutsiyalari

O'quvchilarga / Huquq
Xorijiy davlatlar konstitutsiyalari - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy davlatlar konstitutsiyalari Reja Konstitutsiyani ta'rifi. Yuridik va faktik konstitutsiya. Konstitutsiyaning funksiyalari: yuridik, ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy. Konstitutsiyaning asosiy xususiyatlari. Ahamiyati. Konstitutsiyaviy rivojlanishning bosqichlari va tendensiyalari. Konstitutsiyaning amalda qo'llanilishi. «Constitutio» - lotincha so'zdir.U aynan - tuzish, to'zuk,nizom, to'zilish, yaratish degan manolarni anglatadi. «Konstitutsiya atamasi o'zining o'zoq tarixga ega. Masalan: qadimgi davrlarda «konstitutsiya» so'zi siyosiy tuzumni bildirgan. XVII asrda Fransiyada bu so'z orqali renta, renta shartnomasi ifodalangan, so'ngra qadimgi yunoncha manosiga qaytilib, huquq bilan belgilanadigan davlat to'zimining ifodalaydigan bo'ldilar. Buyuk fransuz inqilobida «konstitutsiya» atamasi bilan «davlatning holatini» ifodalay boshlaganlar». Xorijiy mamlakalarining davlat tuzumining asosiy prinsiplari, shu mamlakalar asosiy qonuniy bo'lmish konstitutsiyada mustahkamlangan. Konstitutsiyalar davlat huquqining asosiy manbasi hisoblanadi. Konstitutsiyalar davlat hokimiyatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarni o'rnatadi va nazorat qiladi. Konstitutsiya deb davlat hayotining asosiy tayanch tomonlarini qayd etuvchi yagona asosiy normativ huquqiy aktga aytiladi. Konstitutsiyani ikkiga bo'lish mumkin: 1. Yuridik konstitutsiya - rasman qabul qilingan amaldagi konstitutsiya. 2. Faktik konstitutsiya - siyosiy tuzum asoslarini ko'rsatuvchi haqiqiy tartibot. Bunday tartibot konstitutsiyaga mos kelishi, mos kelmasligi ham mumkin. Konstitutsiya ko'p asrlik tarixga ega, burjua inqiloblaridan keyin konstitutsiyalar birmuncha ko'paydi. Uning sababi shundaki, konstitutsiya feodal tuzumga qarshi keskin kurashdi. Konstitutsiyalar burjua demokratiya va qonunchilikni o'rnatishda katta rol o'ynadi. Mustamlakachilik zulmidan halos bo'lgan mamlakatlarda konstitutsiyalar paydo bo'lishi davlat mustaqilligi bilan bog'liqdir. Hozirgi davrda esa mutloq ko'pchilik davlatlar o'z konstitutsiyasiga burjuaziyaning hokimiyat uchun kurashdagi natijasi hisoblanadi. Burjuaziya konstitutsiya qabul qilingandan sung o'z hokimyatini mustahkamlash uchun barcha mumkin bo'lgan xiyla nayranglarni ishga soladi. Masalan: 1848 yilda Fransiya konstitutsiyasi, bu konstitutsiya o'zida turli qarama-qarshiliklarni jamlagan. Har bir modda o'zini-o'zi inkor qiladi. Ozod bo'lgan mamlakatlar konstitutsiyasi o'z xarakteriga o'tmish davri konstitutsiyalari deyilishi mumkin. Burjua konstitutsiyalari o'zining konkret mazmuniga ko'ra o'tmish davri konstitutsiyalari o'zining mazmuniga ko'ra hammasi burjua konstitutsiyalari hisoblanadi. Konstitutsiyaning yuridik funksiyalari orasida quyidagi funksiyalar eng muhim hisoblanadi: Birinchidan, konstitutsion normalar amaldagi huquqning yuqori moddiy mezoni hisoblanadi; bu huquqda mavjud bo'lgan va unda paydo bo'ladigan barcha narsalar konstitutsion normalarga mos kelishi lozim. Ikkinchidan, konstitutsiya matnida huquqning asosiy tamoyillariga doir ko'rsatmalarning mavjudligi Uchinchidan, amaldagi huquq mansablari tizimining konstitutsion ta'rifi; To'rtinchidan, konstitutsion normalarning o'zi asosan bevosita amaldagi huquq hisoblanadi, yani sudlar va boshqa yuridik organlar tomonidan tadbiq etilishi lozim. Konstitutsiyaning yuridik tabiati va funksiyalari normativ hujjatlar tizimida ustun mavqeda turishi bilan ham juda yaqqol namoyon bo'ladi. Yer yuzida 200 dan ortiq mustaqil suveren davlatlar mavjud. Bu davlatlarning davlat huquqini umumiy va o'ziga xos konstitutsiyalari aniqlash uchun malum bir klassifikatsiya tasvirlash talab qiladi. Davlatlarni guruhga ajratish, malum bir andozaga o'lchov, baho asosida olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.89 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.89 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga