Xorijiy davlatlar konstitutsiyaviy huquqining manbalari

Xorijiy davlatlar konstitutsiyaviy huquqining manbalari

O'quvchilarga / Huquq
Xorijiy davlatlar konstitutsiyaviy huquqining manbalari - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy davlatlar konstitutsiyaviy huquqining manbalari Reja Konstitutsiya, qonunlar (konstitutsiyaviy, organik, oddiy); Ijroiya hokimiyatining normativ aktlari; parlament reglamentlari; Konstitutsiyaviy nazorat organlarining normativ aktlari;; Sud pretsedenti va xoka'zolar. Konstitutsiyaviy-huquqiy odatlar (konstitutsiyaviy bitim). xalqaro davlatlararo shartnomalar. Konstitutsiyaviy meoyor va qonunlar izohi tartibida berilgan aktlar. Doktrinal manbalar. Diniy manbalar. Tabiiy huquq konstitutsiyaviy huquq manbai sifatida. Siyosiy deklarsiyalar. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining manbalari deganda kostitutsiyaviy huquq obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig'indisi tushuniladi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining manbalariga quyidagilar kiradi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalari. Ushbu fanning asosiy manbasi hisoblanadi. Qonunlar - konistitutsiyaviy qonunlar ya'ni konstitutsiyaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritadi. Oddiy qonunlar ya'ni konstitutsiyaviy huquq institutlarini tartibga soladi. Favqulotda qonunlar ya'ni alohida holatlarda ma'lum bir muddatga qabul qilinadi. Davlat ichidagi ommaviy huquqiy shartnomalar. Masalan 1943 yilda Livanda qabul qilingan milliy pakt, 1993 yil 1 yanvarda Chexoslavakiyaning Chexiya bilan Slovakiyaga bo'linish haqidagi kelishuv. 1995 yil Ukraina Oliy Radasi bilan prezident o'rtasidagi konstitutsiyaviy kelishuv. Bu kelishuv 1996 yil Konstitutsiya qabul qilingandan so'ng o'z kuchini yo'qotgan. 1998 yili Fransiya bilan sobiq koloniyasi Yangi Kalidoniya o'rtasidagi shartnoma.Ushbu shartnoma 20 yil muddatga to'zilgan. Parlament va uning palatalarining reglamentlari. Bular parlament va uning organlari faoliyatini tartibga soladi. Ijro etuvchi hokimiyat va davlat boshliqlarining aktlari. Monarx farmonlari prezident dekretlari hukumat qarorlari. hukumat qarorlari, ministrlarning aktlari, markaziy saylov komissiyasining qarorlari. Konstitutsiviy nazorat organlarining aktlari. Konstitutsiyaviy sud yoki konstitutsiyaviy kengash tomonidan konstitutsiyaga rasman sharx beriladi, mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlarni konstitutsiyaga mos ekanligini tekshirib boradi. Sud pretsedentlari (asosan anglo-sakson huquqi mamlakatlarida amal qiladi) - yuqori instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan qarorlari quyi instansiya sudlarida xuddi shunday ishlarni qo'rib chiqishda asos bo'ladi. Konstitutsiyaviy odatlar - davlat organlari faoliyatida amal qilib kelayotgan og'zaki ko'rsatmalar. Odatlar asosan Buyuk Britanich va Yangi Zellandiya parlamentlarida ko'proq qo'llaniladi. Diniy manbalar - ayrim musulmon davlatlarida konstitutsiya o'rniga muqaddas kitob Qur'oni Karim asosida qabul qilinadi. Huquqiy doktrina - ayrim mamlakatlarda sud organlari konstitutsiyaviy nizolarni hal qilishda o'z qarorlarini buyuk huquqshunoslar va konstitutsiyaviy huquq bo'yicha fikrlariga tayanishadi. xalqaro huquqiy aktlar - YevropaIttifoqining 1992 yilgi shartnomasi. Ushbu shartnomada YevropaIttifoqiga kirgan davlatlarda yagona fuqarolik masalasi qo'yilgan. 1948 yilgi Inson huquqlari umumJahon deklaratsiyasi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948 yil 10 dekabr Muqaddima - Insoniyat oilasinining barcha a'zolariga xos qadriyatlarni va ularning teng va daxlsiz huquqlarini tan olish ozodlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini etiborga olib, va - Inson huquqlarini mensimaslik va undan nafratlanish insoniyat vijdonini qiynadigan vahshiyliklarni sodir qilishga olib kelganligini, odamlar so'z erkinligi va e'tiqodlariga ega bo'ladigan hamda qo'rquv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.34 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.34 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga