Xorijiy davlatlarda o'zini o'zi boshqarish shakllanishining nazariy - huquqiy asoslari

Xorijiy davlatlarda o'zini o'zi boshqarish shakllanishining nazariy - huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Xorijiy davlatlarda o'zini o'zi boshqarish shakllanishining nazariy - huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy davlatlarda o'zini o'zi boshqarish shakllanishining nazariy-huquqiy asoslari Reja: O'zini o'zi boshqarish tushunchasi, tizimi va nazariy asoslari O'zini o'zi boshqarish organlariga saylov tizimining xususiyatlari O'zini o'zi boshqaruv qonunchiligida -mahalliy o'zini o'zi boshqarish YevropaXartiyasi MDH davlatlarida o'zini o'zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi O'zini o'zi boshqarish tushunchasi, tizimi va nazariy asoslari XIX asrdagi manbalarda «o'zini o'zi boshqarish» tushunchasi davlat-Respublikalar, AQSH shtatlari, Shveytsariya kantonlariga berilgan nisbat sifatida ishlatilgan. Buyuk Britaniyada esa, o'zini o'zi boshqarish organlari deganda kelishuv sudlari, maslahatchilar sudlari va parlament institutlari tushunilgan. XIX asrdayoq markaz bilan mahalliy organlar o'zaro munosabatlarning uchta - ingliz, fransuz va pruss modellari shakllangan edi. Hozirgi paytda ingliz-sakson, fransuz (yoki janubiy Yevropa) va german (yoki shimoliy - O'rta Yevropa) modellari hayotda amal qilmoqda. Ingliz-sakson modeli mahalliy o'zini o'zi boshqarishning eng namunali tipi hisoblanib, «butun mahalliy haqiqiy hokimiyat manfaatlari doirasida» amal qiladi. fransuzcha o'zini o'zi boshqarishda hokimiyat (rasman) o'zini o'zi boshqarishni nazorat qiluvchi mahalliy hokimiyat organlarining qo'lida bo'ladi. Germancha modelda esa davlat boshqaruvi bilan mahalliy o'zini o'zi boshqarish yagona institut bo'lib uyg'unlashadi. Ingliz-sakson modeli guruhiga Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Irlandiya mamlakatlari kiradi. fransuz modeli Fransiyadan tashqari ko'proq Italiya, Belgiya, Niderlandiya va bazi bir Lotin Amerikasi mamlakatlarida amal qiladi. Germaniya va Skandinaviya mamalakatlarida mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari o'ziga xos betakror sifatlarga ega bo'lib, ularni yuqorida ko'rsatilgan ikki modelga o'xshatib bo'lmaydi. Har qanday nazariya kabi o'zini o'zi boshqarish nazariyasi ham amaliyot bilan chambarchas bog'liqdir. Ushbu nazariya yuridik amaliyot xulosalari va tajribalarining mantiqan umumlashmasi, sintezi bo'lib, yuridik amaliyot taraqqiyotining yo'nalishlari va qonuniyatlarini aniqlab beradi. O'zini o'zi boshqarish nazariyasi yuridik amaliyot qonuniyatlarini aks ettiruvchi tajribani mantiqiy umumlashtiriladi, ular taraqqiyotning asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish nazariyasi mazkur boshqaruvning vujudga kelishi, rivojlanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, mavjud muammolarni umumlashtirilgan holda ishga asoslangan bilimlar tizimidir. Shu o'rinda «nazariya» so'zining manosiga oydinlik kiritish lozim bo'ladi. Nazariya jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishidir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida hayot ilgari surgan vazifalar negizida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish nazariyasi o'z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, ularni boyitadi, rivojlantiradi va amaliyot uchun xizmat qiladi. Zamonaviy ilmiy va yuridik adabiyotlarda mahalliy o'zini o'zi boshqarishga doir bir qancha asosiy nazariyalari ajratib ko'rsatiladi. Jumladan: Erkin jamoa nazariyasi XIX asrning boshlarida nemis olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, uning bosh g'oyasi tarixan davlatdan ilgari yuzaga kelgan jamoa ishlariga davlatning aralashuvini cheklash zarurligini asoslashdan iborat. Tabiiy huquq g'oyasiga asoslangan ushbu nazariya jamoani davlatdan mustaqil ravishda tabiiy shakllangan organizm sifatida tan olishdan kelib chiqqan. Erkin jamoa nazariyasining g'oyalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.54 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.54 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga