Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy davlat huquqi huquq tarmog'i, fan va o'quv fani sifatida

Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy davlat huquqi huquq tarmog'i, fan va o'quv fani sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy davlat huquqi huquq tarmog'i, fan va o'quv fani sifatida - rasmi

Material tavsifi

Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy davlat huquqi huquq tarmog'i, fan va o'quv fani sifatida Reja: 1. «Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi» fanining tushunchasi, predmeti. 2. «Konstitutsiyaviy huquq» terminining vujudga kelishi: «Konstitutsiyaviy huquq» va «Davlat huquqi» tushunchalari. 3. Konstitutsiyaviy huquqning 3 maonoda qo'llaniliishi: huquq tarmog'i, ilm va o'quv kursi sifatida. 4. Xorijiy mamlakatlarda konstitutsiyaviy huquq tizimi. Umumiy tamoyillar, institutlar, normalar. 5. Konstitutsion-huquqiy munosabatlar.Tushunchasi. Subyektlari. Yuridik faktlar. 6. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi fan va o'quv kursi sifatida. 7. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquq fanini o'rganish uslubi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fani tushunchasi xorijiy mamlakatlar ijtimoiy, siyosiy tizimi, davlat boshqaruv tizimi, xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyasi va konstitutsion qonunlari bilan bog'liq bo'lgan davlat faoliyatining turli tarmoqlarida vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlar yig'indisini o'z ichiga oladi. Bu ijtimoiy munosabatlarning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi xorijiy mamlakatlarda davlat va huquqining bevosita rivojlanishi bilan bog'liq. hozirgi dunyo davlatlarini turli asoslarda tasnif qilish mumkin. Masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya davlatlari rivojlangan davlatlarga, Turkiya, Meksika, Misr rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fanining predmeti deganda xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy, siyosiy tizimi, davlat boshqaruvi mexanizmi, xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy qonunlarini o'rganish tushuniladi. Oldin xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlat) huquqi fani tizimi deganda ikki xil turdagi davlatlar tushunilar edi. YA'ni kapitalistik va sotsialistik davlatlar. Aljir, Tanzaniya, Nikaragua sotsialistik yo'nalishdagi davlatlar bo'lishgan. Lekin ko'pgina rivojlangan davlatlar kapitalistik yo'nalishdagi davlat hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar deganda davlatning huquqiy tizimida vujudga keladigan barcha munosabatlar tushuniladi. Umuman Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar huquqning barcha sohalari bilan tartibga solinadi. Masalan; jinoyat huquqi, Ma'muriy huquq, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqa huquq sohalari ham konstitutsiyaviy (davlat) huquqiy normalar bilan ham tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar avvalo muayyan davlatning konstitutsiyasi va konstitutsion qonunlari, qonun osti aktlari asosida tartibga solinadi. Xorijiy davlatlar fanining metodlari. Hamma yuridik fanlar umumiy metodologik asos, dialektik materializmdir. Bunda tabiat va jamiyat, kishilik jamiyatida yuz beradigan voqea va hodisalarning umumiy metodologik asos materializmdir. Bunda tabiat, jamiyat va kishilik jamiyatida yuz beradigan voqea va hodisalarning umumiy qoidalari ochib beriladi, shu asosida xorijiy davlat huquqida quyidagi metodlar amal qiladi: Sistemali yondashish metodi. Analiz va sintez metodi. Qiyosiy va huquqiy metodlari. Qiyosiy va huquqiy analizni asosiy maqsadi siyosiy sinfi tabiati va ijtimoiy belgilanishidan qat'iy nazar barcha siyosiy tuzilma va tartibotlarning maxsus xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini hamda umumiy tendensiyalarini aniqlaydi. Juda ko'p sonli va ko'p xususiyatlarini o'rganish uchun ularni qiyoslash va taqqoslash kerak. Albatta jamiyat hayotidagi har bir hodisa o'z holicha takrorlanmasdir. Har bir mamlakatning davlat huquqi o'zining milliy xususiyatiga ega. Shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.65 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.65 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga